2020...

2020...

Respec_official 🔥🔥🔥

2020...


#avgust


4-avgust. Livan. Bayrut.🇱🇧

Port portlashi va undan oldingi holati...


Shu kuni 2020-yil yana bir mudxish xodisaga guvoh bo'ldi. Avvaliga hamma joy suv quygandek jim jit edi. Lekin soniyalar ichida bu halovat yo'qoldi. Bayrutda portlash yuz berdi. Portlash sababi 2750 tonna "Amonium nitrat" 6yildan beri qarovsiz qolgani...



Keling bir birgalikda mulohaza yuritib ko'ramiz.


Bir boshidan boshlaylik!

1-savol...

Shuncha "Amonium nitrat" qayerdan kelib qolgan?!


2013-yil Gruziyaning Batumi portidan 2700 ming tonna "Amonium nitrat" selitrasi bilan Mozambikka qarab yo'lga tushgan. Kimyoviy modda "Rustavi Azot L.L.C" kompanyasiga tegishli bo'lgan. Kema Bayrutga rejadan tashqari kirib borganida, texnik nosozliklar sababli politsiya tomonidan ushlangan. Keyinchalik esa Sputnikdan olingan fotosuratlarga ko'ra 2015-yilga kelib kemada hech qanday yuk qolmagan. 2018-yilga kelib esa kema nomalum sababga ko'ra cho'ka boshlagan va bir necha kun ichida suv tubiga g'arq bo'lgan...

Yo'qdan bor bo'lib qolgan kimyoviy modda kema cho'kkan joydan 450metr uzoqlikdagi omborda saqlangan. 

(Manba: The Nyu York Times )

⚓⚓⚓


2-savol

Nega endi ko'p miqdordagi kimyoviy modda qarovsiz holda saqlangan?!


2013-yil Bayrutka kelgan "Amoium nitrat" selitrasi kelganida 2700ming tonna edi. 2020-yil 4-avgustiga kelib omborxona portlaganida esa 2750 tonnaga kamaygan🤔.

(Shunchaki mulohaza #shaxsiyfikr)


3-savol

Yo'qdan bor bo'lgan selitra kimga keragi bor. Kamiga u o'ziga ham tegishli emasku?!


Rejadan tashqari Bayrut portiga kirgan kema aslida kimningdir rejasida bo'lgandir. Balki bundan kimdirlar manfaatdordir!!!

(shaxsiy fikr hech qanday malumotlarga asoslanmagan☝)


A mayli mulohazani qo'ya turaylikda portlash haqida gaplashaylik.


​​Portlash joyi: Bayrut, Livan🇱🇧

Jabrlangan: 4,000 dan ortiq🤕

Vafot etgan: kamida 79 ta😵

Portlash sababi: 2750 tonna Amonium nitrat 6 yildan beri qarovsiz qolgani😔


Qancha talofat. Achinarlisi nimada bilasizmi? Jabr ko'rganlar tinch aholi. Kimdirlar uyidan kimdirlar ishidan kimdirlar esa hayoti mazmuni bo'lgan yaqin insonidan ayrildi...

 

Qisqa hikoya📜

“Hammasi dahshatli tushga o‘xshardi”. Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi 


AQShda yashovchi Israa Seblani turmushga chiqish uchun Livanga kelgan edi. Biroq to‘y kuni fotosessiya o‘tkazilayotgan paytda dahshatli portlash yuz berdi. Esquire Israa Seblanining hikoyasini e’lon qildi.

Ayanchli voqea

“Biz osmonda qandaydir kuchli tutunni ko‘rdik. Avvaliga biron narsa yonayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. Bu portlash bo‘lishi mumkinligi xayolimizga ham kelgani yo‘q. Bir necha soniya ham o‘tmasdan kuchli to‘lqin zarbidan keyin portlashni eshitdik. Biz turgan chiroyli joy bir zumda ko‘lanka shaharga aylandi. Atrof chang, oynalar singan, odamlar qichqirar, qon – hamma narsa tushga o‘xshardi”, – deya eslaydi Seblani....


Report Page