2020...

2020...

Respec_official 🔥🔥🔥


Har yili shundaymidi? Degan savol tinchlik bermaydi negadir. Shunday bo'lgan bo'lsa demak biz e'tiborsiz bo'lgan ekanmizda-a🤔

Dunyo aza tut😔😔😔


Esimda mart oyi 2020-yil #karonavirus O'zbekistonga kirib keldi. Hamma joyda #vahima... endi nima bo'ladi degan savol hammani esankiratib qo'ygan. O'sha kundan boshlab #karantin e'lon qilindi. Va kundan kunga virus "daydi gap singari" tez tarqardi. 

Kun yangiliklarida birinchi mavzu shu. Kuniga nechta kasalangan, nechta charter reys amalga oshirilgan, bu davlatda axvol qanday bu davlat axvol qanday shunga o'xshash xabarlar tinmas edi. #karantin ekan deb yotdik kunlab, oylab na o'qidik na bir ishni boshini ushladik. Shunchaki vaqt yo'qotdik...

Lekin hozirgi kunga kelib esa (aynan bugungi kun) #virus ga oldingidek #vahima bilan e'tibor bermay qoydik. Menimcha taqdirga ta'm berdik. Ta'm bermasdan ham ilojimiz yo'q edi. Agarda uyimizdan chiqmay o'tirganimzda edi. Oilamiz och davlatimiz esa qashshoq bo'lib qolar edi.

Damino kabi tarqamoqda virus😯


Mayning ilk kuni falokatli boshlandi. Tvda qaysi kanalga olmang, ijtimoiy tarmoqlarga kirmang hamma hamma joyda "Sardoba fojiasi". . .

Ha men buni fojia deb atadim. 


Tassavur qiling uyingizda oila davrasida o'tiribsiz. Birdaniga uyingizni suv bosib hamma joy qiy-chuv bo'lib ketdi. Kimdirlar dakumentlarini qidirish bilan ovvora yana kimdirlar esa qochish bilan ovvora. Tinch yashayotgan axolining tinchligi ko'z ochib yumguncha o'tmishga aylandi. Juda achinarli holat to'g'rimi???


Qanchadan qancha hayvonlar nobud bo'ldi va qanchasidir odamlar kabi boshpanasiz qoldi. Xo'sh bunga kim aybdor deb o'ylaysiz???

Ha sizning birinchi javobingiz Sardobani qurilishidagilar va mutasadi rahbarlar unga ajratilgan mablag'larni yeb qo'ygan deb javob berasiz shak-shubhasiz...

Mening fikrim esa boshqacharoq. To'g'ri yeb qo'ygan hamdir. Lekin insoniyat insonlar juda ham o'zidan ketib qolgandi. Qisqa qilib aytganda Ollohdan qo'rqmay qolgandi. Men umumiy 2020-yil uchun aytayapman. Osha #virus ham va boshqa tabiiy ofatlar ham Yaratgan egamning qahridir😔


Report Page