2019

2019


Urush fanlarining qonuni bo‘yicha askarning son-salmoqlari, qurol-jabduq va askariy intizomlari eng bo‘lmaganda dushmannikidan tuban va oz bo‘lmasligi birinchi shartdir. Agar shu sharoit qo‘lga kelar ekan, u holda diniy, milliy haqoratga bo‘ysunmasdan dushmanga qarshi qurolga qo‘l sunish, albatta, farz bo‘lur. Bunday bo‘lmagan taqdirda, o‘zini o‘tga o‘rinsiz urishdan saqlanib, vaqtincha sabr qilishdan boshqa chora yo‘qdir.


Shuni bilmak kerakkim, Qur’onning hukmiga, Rasulullohning yo‘liga yaxshi tushunmay dinga xiyonat qilgan, ikki dunyosidan ajrab o‘z vatanida xorlik bilan yashagan yolg‘on musulmonlardan ilm-fan, madaniyatni o‘zlashtirib, butun huquqlariga ega bo‘lgan kofirlar, albatta, ortiqdur


“Eshakig‘a yarashur tushovi” degan satrlarni maqolicha, muallimlarni ham aksarlari qonuni ta’lim va tarbiyatdin butun-butun bexabar kishilar o‘lub, balki o‘quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidin bechora ma’sumlarni iste’dod uz-zotiyasig‘a nazaran ikki yil zarifida hech lavozimoti diniyyani bildurmoq mumkin o‘lg‘on holda to‘rt-besh yilg‘acha hijja usuli birla dunyoi va oxiratga foydasi o‘lmag‘on Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va Bedillar kabi mushkul manzuma kitoblarg‘a umri azizini barbod etarlar.


Ey vatandoshlar! Diqqati nazar ila boqing! Bir bolani maktabg‘a bermakdin maqsud va ijobati diniyamiz o‘lg‘on ilmi qiroat, masoili e’tiqodiyya, farz, vojib, sunnat, mustahabi harom, makruh, namoz va ro‘za, haj va zakotlarini va ham zaruriyati dunyoviyamiz o‘lg‘on ilmi hisob, jug‘rofiya, tavorix, xususan tarixi islom kabi foydalik ilmlarni bildurmoq o‘lg‘on johil domlalarni ta’limi “Falonning qoshi qaro, ko‘zi qaro, yuzi oq, so‘zi shirin” deb bolalarni fasod axloqig‘a birinchi sabab o‘ladurg‘on manzuma kitoblar o‘lmish.

Report Page