“Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari" kafedrasi professor o'qituvchilari institut huzuridagi Sharof Rashidov politexnika texnikumida talabalarga master klass darsini o'tkazishdi

“Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari" kafedrasi professor o'qituvchilari institut huzuridagi Sharof Rashidov politexnika texnikumida talabalarga master klass darsini o'tkazishdi

t.me/JizPI_online

Jizzax politexnika institutining “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari" kafedrasi professor o'qituvchilari dotsent G'aniyev Alijon G'aniyevich, asisstent Tursunov Bekzod Akbar o'g'li Jizzax politexnika instituti huzuridagi Sharof Rashidov politexnika texnikumida “Qurilish materiallari ishlab chiqarish texnigi” yo'nalishidagi talabalarga “Hozirgi zamon bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan qurilish materiallari” mavzusida master klass darsini o'tkazishdi.

Bugungi kunda barpo etilayotgan ko'p qavatli turarjoy va jamoat binolarida ishlatiladigan beton va temir-beton konstruksiyalari to'g'risida, Toshkent сity, Samarqand city va Sergeli tumanidagi barpo etilayotgan Energiya samarador binolar qurilishidagi qurilish materiallari to'g'risida malumotlar berildi.

Jizzax erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan shisha tolali issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi ko‘rgazmali ma’lumotlardan so‘ng talabalarda ushbu ishlab chiqarish korxonasi faoliyati katta qiziqish uyg'otdi.

Savol-javob va bahs munozara shaklida o'tkazilgan Master klass darsi yakunida Texnikum talabalari va rahbariyati bundan keyin ham Qurilish materiallari sohasidagi Master klass darslarini davomli bo'lishiga istak bildirdilar.

Report Page