Ertalabki badantarbiya - sog'lik garovi!

Ertalabki badantarbiya - sog'lik garovi!

t.me/jizpi_online

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bo'lgan “Yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan tashabbus" ijrosi taminlash maqsadida yurtimizning turli shahar va tumanlarida, ta’lim muassasalarida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarining ahamiyati beqiyos.

Shu boisdan ushbu mashg'ulotlarni jamoaviy bajarish respublikamiz bo'ylab ommalashmoqda.

Jumladan, Jizzax politexnika institutida ham ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilmoqda hamda institut professor-o'qituvchilari va talabalar ushbu mashg'ulotlarga jalb qilinmoqda.

Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish kerakki, institut professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun haftalik sport mashg’ulotlar jadvali tashkil etilgan bo'lib, ushbu jadval asosida institutning barcha xodimlar haftalik sport mashg’ulotlarida doimiy ravishda ishtirok etib kelmoqda.


Institut matbuot xizmati

Report Page