2

2

Zumrad va Qimmat

Zumrad va Qimmat

Bir zamonda katta bir soy boyida kichkina bir uy bolar ekan. Bu uyda chol, uning Zumrad degan qizi, ogay ona va uning Qimmat degan arzanda qizi turar ekanlar. Kampirning Zumradni korgani kozi otgani oqi yoq ekan. U hadeb qizni urib, qargab, ertadan kechgacha ishlatarkan, bechoraga birpas ham tinchlik bermas ekan. Zumrad chiroyli, odobli, muloyim, aqlli qiz ekan. Uni bir korgan kishi yana korsam deb orzu qilar ekan. Xullas, u juda ajoyib qiz eka. Qimmat esa ishyoqmas, injiq va dimogdor ekan. Uning butun kuni urish-janjal va topolon bilan otar ekan. Zumrad erta bilan barvaqt kozasini kotarib, soy yoqalab buloq boshiga borarkan, yo`lda uchragan lola gullar boshlarini egib, unga salom berarkanlar. Zumrad maysalar ustida otirib dam olganida gullar uni olqishlar, bulbullar quvonib unga hikoyalar aytib terarkanlar. Ammo xuddi shu gullar kampirning arzandisini sevmas, uni erkalamas ekanlar, chunki bu qiz ularni yulib tashlar, xushboy gullarni hidsiz deb tepkilar ekan. Shuning uchun ham ular Qimmat kelar bo`lsa, qovoqlarini solib, yumilib qolarkanlar. Bularning hammasi yovuz kampirning gazabini keltirar ekan. Kampir esa, buni Zumraddan korarkan. Bir kun kampir Zumradni yomonlab, cholga doq uribdi:  Qizing beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor! Bolmasa sen bilan bir nafas ham birga turmayman! Chol nima qilarini bilmay qolibdi. Axiri kampir:  Qizingni ormonga oborib adashtirib kel! U bilan birga turmayman!  debdi. Chol qizini adashtirib kelish uchun tog-toshlarni kezib, bir ormonga boribdi. Ota-bola ormon ichida uzoq yurishibdi. Axiri quyuq soyali bir joyga borib toxtashibdi. Keyin chol otin kesgani ketibdi. Zumrad yolgiz qolibdi. Shu paytda birdan shamol turibdi. Chol esa ormondagi bir katta daraxtga boltasini osibdi-da, unga ogirroq tosh boglab, qattiq itarib yuboribdi. Bolta u yoqdan bu yoqqa urilib toqillayveribdi. Shamol juda kuchayibdi. Bolta shamol kuchi bilan uzoq vaqt daraxtga urilib toq-toq» qilib tovush chiqaribdi. Zumrad Otam otin kesayotibdi», deb oylab, otasini anchagacha kutibdi. Kech bolibdi, otasidan darak bolmabdi. Shamol toxtabdi. Qiz ormondagi chuchmomalarni terib yurib, bexosdan bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Qarasa, otasi yoq emish.  Voy shorim qursin! Voy, otajon?!  deb uvvos solib yiglab, tort tomonga yuguribdi. Hech kimdan darak bolmabdi, qiz adashib qolibdi. Ormon unga yana ham vahimali bolib korinibdi. Qiz qayoqqa borishini bilmay, axiri kichik bir soqmoqdan chopib ketaveribdi. Zumrad uzoq yol bosibdi. Qorongida gullar uning yolini yoritibdi. Ketaturib bir vaqt qarasa, uzoqda miltillagan chiroq korinibdi, itning hurigani eshitilibdi. Qiz osha tomonga qarab yuraveribdi. Tezda kichik bir uyga yetibdi. Uyning derazasidan qarasa, bir kampir otirgan emish. Qiz sevinib, kampir oldiga kiribdi, boshidan kechirgan voqealarni kampirga birma-bir aytib beribdi. Uyga shunday chiroyli qizchaning kelganini korgan kampir juda quvonibdi. Bu kampir ormonda yashaydigan sehrgar kampir ekan. Kampir qizning yig`laganini korib:  Kop xafa bo`lma, qizim, senga yordam beraman,  deb qizni ovutibdi. Qiz ham unga:  Rahmat! Men sizni onamdek koraman. Buyurgan ishingizni jonim bilan qilaman,  deb javob beribdi. Shu choq kampirning uyi tepasiga juda kop qushlar yigilibdi, ular qizchani maqtab, sayrashibdi. Qushlar tilini bilgan sehrgar kampir yana ham quvonibdi. Xosiyatli qizga dunyoda topilmaydigan rasmli kitob va qogirchoqlar berib:  Oppoq qizim, shirin qizim! Dombogim, nunchogim!  deb qizning boshini silab erkalabdi. Ular uzoq vaqt birga turishibdi. Kampir qizchani yaxshilab parvarish qilibdi. Zumrad ozoda qiz bolgani uchun uyni supur b-sidirib, oynalarni artib-surtib, hamma yoqni chinniday qilib qoyar ekan. Buni korib kampir yana ham quvonar ekan. Bir kun kampir qizga osh qilib bermoqchi bolib:  Tomdan otin olib tush, qizim,  debdi. Qiz dik etib ornidan turib:  Xop boladi, onajon,  deb darrov tomga chiqibdi. Tom baland ekan, undan hamma yoq korinar ekan. Qiz atrofga qarab turib, birdan oz uyining tomini korib qolibdi. Yuragi orziqib yiglab yuboribdi. Buni eshitgan kampir:  Nega yiglaysan, jon qizim?  deb soragan okan. Qiz:  Kozimga uyimiz korindi, otamni sogindim,  debdi. Kampir uni aldab-suldab yupatibdi, ikkovlari ovqat pishirib yeyishibdi. Erta bilan kampir qizga:  Narsalaringni yigishtir, qizim!  debdi. Qiz qogirchoqlarini yigishtiribdi. Kampir qizga:  Tomda qizil va oq sandiq bor, oq sandiqni qoldirib, qizil sandiqni olib tush!  debdi-yu ormonga kirib ketibdi. Bir vaqtdan keyin ormondan saman ot qoshilgan bir arava yetaklab chiqib, qizni aravaga otqazibdi.  Qizil sandiqni uyga borgandan keyin och!  deb kampir qizga bir kalit beribdi. Qiz kampir bilan qayta-qayta xayrlashib yolga chiqibdi. Bir zumda arava qizning uyi oldida hozir bolibdi. Shu paytda uy eshigi oldida chol oz qizini soginib, uning dardida yiglab otirgan ekan. Qiz mehribon otasini korishi bilan:  Salom, otajon!  deb otasining bagriga tashanibdi. Chol benihoyat xursand bolganidan anchagacha koz yoshlarini toxtatolmabdi. Axiri yigidan toxtab, qiziga:  Oppogim, meni kechir,  debdi. Ular uyga kirishibdi. Qizning kelgani hammaga malum bolibdi. Qoni-qoshnilar yigilishibdi. Qiz qizil sandiqni ochishi bilan hamma hayron qolibdi: qizil sandiq asl mollar bilan liq tola ekan. Mol shuncha kop, shu qadar ajoyib emishki, Zumradning butun umriga yetib ortar emish. Bu narsa ogay onani ogir tashvishga solibdi. U cholga qizi Qimmatni ham tezda ormonga olib borib adashtirib kelishni buyuribdi. Chol Xop» deb, Qimmatni darrov ormonga adashtirib kelibdi. Kech kirganda Qimmat, xuddi Zumradga oxshab, bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Adashganini sezibdi. Hong-hong yiglasa ham, lekin uni ovutadigan odam topilmabdi. Faqat uning roparasida boyqushlar otirib olib, qorongi, vahimali ormonlar haqida sayrarmish. Bu kuylar Qimmatni vahimaga solibdi. U qorqib ormondan qocha boshlabdi. Qorongi tushgan paytda sehrgar kampirning uyiga kirib boribdi. Kampir uni yaxshi kutib olibdi, ovutibdi, mehmon qilibdi. Songra qizga qarab:  Xafa bolma, qizim, ozim yordam beraman,  debdi. Ammo Qimmat kampirga yaxshi sozlar topib aytolmabdi, chunki onasi unga yaxshi sozlar orgatmagan ekan. Kampir uni sevmabdi, yaxshi ertaklar ham aytib bermabdi, dunyoda topilmaydigan suratli kitoblar va qogirchoqlar ham bermabdi. Qimmat ertadan qora kechgacha yalqovlanib otiraverar ekan. Uyni yigishtirib, supurmas ekan. Bir kun kampir ormondan qaytib kelib, unga:  Tomdan otin olib tush, qizim!  degan ekan, qiz:  Ozingiz olib tushing, malayingiz yoq!  debdi. Kampir judayam xafa bolibdi, shunga qaramay qizni aldab-suldab tomga chiqaribdi. Lekin qiz otin olib tushish orniga tom boshida chinqirib yiglayveribdi. Kampir buni eshitib:  Nega yiglaysan, qizim? deb soragan ekan, Qimmat yer tepinib:  Uyimni kordim, ketaman,  deb yana hongrabdi. Sehrgar kampir qizga:  Juda yaxshi, tomdagi sandiqni olib tush,  debdi. Qimmat sandiqni olib tushibdi. Keyin kampir qizga bir kalit uzata turib:  Mana kalit, sandiqni uyingga borganingda ochasan,  debdi. Qiz osha onda yigisini ham unutib, oq sandiqni orqalab jonabdi. Sehrgar kampir unga arava ham bermabdi, qiz ogir sandiqni kotarganicha uyiga piyoda kelibdi. Qizning kelishini dastavval olapar it sezibdi. U Qimmatning onasi oldiga borib:  Vov, vov, vov,  degan ekan, kampir quloq solmabdi, it yana vovullab:  Opam kelayotirlar, orqalaganlari oq sandiq, ilon bilan liq toliq,  debdi. Kampir gazablanib, oqlogi bilan itni urib, oyogini sindiribdi.  Mening aqlli qizim qimmatli mollar keltiradi,  debdi u. Qizining kelganini korib kampir ozida yoq sevinibdi. Qoniqoshnilar yigilibdi, sandiqni ochmoqchi bolishibdi. Shunda kampir bilan qizi ikkisi: Yoq, ochmanglar!» deb ozlarini sandiq ustiga tashlabdilar. Keyin ikki qulogidan kotarib uyga olib kiribdilar. Yarim kecha payti ekan, kampir bilan qiz eshiklarni yopib, sandiqni ochishibdi-yu birdaniga Voydod, qutqaringlar!», Ajdar!», Voydod!» deb baqirishibdi Sandiqda kattakon ikkita ajdar yotgan ekan. Qoqvosh kampir bilan uning urishqoq qizi dodlashib, uyni gir-gir aylanishibdi, qorqqanlaridan qulflangan eshikni ochisholmabdi.nIkki ajdar kampir bilan qizni yutib, darchadan chiqib ketibdi. Dod, voy!» degan ovozni eshitgan qoni-qoshnilar eshikni buzib ichkari kiribdilar. Qarasalar, hech kim yoq emish. Uyda yovuz kampirni ham, uning urishqoq qizini ham topolmabdilar. Shundan song oq kongil Zumrad bilan ota ikkisi tinchgina yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.


Report Page