1-bet

1-bet


IMOM BUXORIY NOMIDAGI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI

IMOM ZARNUJIY

ILM OLISH SIRLARI

Tarjimon: Zokirjon Sharifov

Movaraunnahr

Toshkent-2004

MUQADDIMA

Bismillahir rohmanir rohiym

Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin!

Bashariyatning komilrog’i, payg’ambarimiz Muhammad alayhis sapom va ahli ayollariga, ashobi

kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari, rahmatu barakotlari yor bo’lsin!

Ammo ba’d:

Janob payg’ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning sarchashmasi,

tuganmas buloqlaridirlar.

Zamonamizning ko’plab yoshlarida ilm o’rganish borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina harakatlari

bo’lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo’lib, ko’p mulohazaga bordik. Ushbu ulug’

maqsadlarni hosil bo’lishida ularga odob-axloq ko’rsatmalari zarurligini bildik. Mo’’tabar ustozlarimiz

odobu axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu kitobni o’quvchilarga ilm sa-rhadlaridan bahramand

bo’lishni tilab, mehribon ustozlarimiz va kaminani duoyu xayr bilan yod etib, qiyomat kuni

Maxshargohda najot topuvchilar qatorida bo’lishimizni zikr etishlarini umid etamiz. Kamina ko’p

istixoralar qilgan holda, yolg’iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshodu barokatlaridan, fayzu

futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga baqadri hol kirishdik. Kitobni «Тa’limul

mutaallimu tariqat taallumi», ya’ni «Shogirdning ilm egallash yo’l-yo’riqlarini o’rganishi» deb

nomladim.

Kitobni bir necha fasllarga bo’ldim:

1.Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to’g’risida;

2.Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to’g’risida;

3.Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo’lish to’g’risida; Ilm va ilm ahlini ulug’lash

haqida;

4.Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmatu g’ayrat to’g’risida;

5.Saboqni boshlash, uni miqdori va tartibi to’g’risida;

6.Tavakkul qilish to’g’risida;

7.Тahsil olish vaqti to’g’risida;

8.Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;

9-fasl. Nasihat va mehru shafqat to’g’risida;

Report Page