Xitoy tili

Xitoy tili

Muslim Ismoil

Xitoy tili haqida sizni qiziqtirgan har narsa

Agar "Xitoy tilini o'rganaman" deyotgan bo'lsangiz va "Xitoy tilini o'rganish qiyinmi?", "Xitoy tilini o'rganish qancha vaqt oladi?" degan savollar bilan yo'lga chiqqan bo'lsangiz to'g'ri yerdasiz. Bu maqolamizda Xitoy tilini o'rganishta sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beramiz va o'rganish uchun qulay yo'llarni ko'rsatib beramiz.

Xitoy tili dunyoning eng qiyin tillaridan biri deb hisoblanadi. Xitoyliklar bilan gaplashganingizda ko'pincha "Xitoy tilini o'rganishga ketgan vaqtda 4 ta evropa tilini o'rganib olamanku" degan fikrlar ham yo'q emas. Bazan nima uchun o'rganishim kerak ekan nima qilaman o'zimni qiynab deyishingiz ham mumkin.

Dastlab savollarga javob berib olamiz.

Xitoy tilini o'rganishning foidalari nima?

"Xitoy tilini o'rganishim kerakmi, nima uchun o'rganishim kerak" degan savollarning javobi mutlaqo shaxsiy istakga bo'g'liq. Ammo "Xitoy tilini o'rganish nima ishimizga yaraydi?" degan savoliga javob berishimiz mumkin.

• Xitoy tili dunyo bo'ylab insonlar tomonidan eng ko'p gaplashiladigan tildir. Bu esa Xitoy tili qanchalik muhim ekanligini bildiradi.

• Xitoy ekanomikasi dunyoning eng buyuk ikkinchi ekanomikasi va dunyo bo'ylab ko'plab davlatlar bilan tijoriy faoliyat olib boradi. Tashqi savdo maydonida yoki o'z firmasiga asos solaroq Xitoy bilan tijoriy aloqalar qurishni istaganlar uchun Xitoy tilini bilish juda katta yutuq hisoblandi.

• Xitoyning so'ngi yillardagi rivojlanishlaridan keyin, Xitoy tili kelajak tilidek ko'rina boshladi. Hozirgi kunimizda Ingiliz tili har sohada kerakli bo'lganidek, Xitoy tili ham har sohada kerak bo'lishi mumkin.

• Dunyoda, xususan xitoylik turistlar ko'payib bormoqda. Turist rahbari olaroq kariyera qilish va momaygina daromad topish uchun Xitoy tilini o'rganish yaxshi tanlov bo'lishi shubhasiz.

Xitoy tili qiyinmi?

Bu savolga qisqacha "Xa" dep javob bersa bo'ladi. Xitoy tilini o'rganish haqiqatdan ham qiyin. Ammo bu holat sizni qo'rqitmasin. Chunki kerakligicha mehnat qilsangiz va ter to'ksangiz, Xitoy tilini boshqa tillar kabi yaxshi o'rganib olish imkoniyatiga egasiz.

Xitoy tilini o'rganish oson yoki qiyin jihatlari:

O'qish va yozish

Xitoy tilini o'rganishni xohlaydiganlarning ko'pincha yo'liqadigan muammosi, bu o'qish va yozish bo'limidir. Chunki Xitoy alifbosi mantiqdan ancha yiroq. Yani bizning tilimizdagi kabi harflar mavjud emas, balki xitoycha belgilar mavjud. Har kalima "hanzi" nomi berilgan bir yoki birdan ortiq belgilar bilan sifatlanadi va har bir belgining o'ziga xos shakli bor. Har bir so'zni o'qish, yozish va yodlash kerak bo'ladi. Aks holda ma'nosini va talaffuzini bilgan bir so'zingizni ko'rganingizda tanimay, o'qiy olmay va tushunolmay qolishingiz hech gap emas.

Eshitish va so'zlashish

Xitoy tilini o'rganishdagi duch kelinadigan eng katta muammolardan biri bu, eshitish va yozishdir. Xitoy tili bizning tilimizga teskari o'laroq, har bir so'z ma'lum bir ton bilan talaffuz qilinadi. Agar kalimalar to'g'ri tonlar bilan talaffuz qilinmasa, boshqa ma'nolarni anglatishi mumkin.

Grammatika

Xitoy tilini o'rganmoqchi bo'lganlar so'rashi mumkin "Xo'sh Xitoy tilining hech-ham osonroq jihati yo'qmi?" Bunga javobimiz: Qisman xa. Xitoy tilinig grammatikasi umuman olganda qiyin emas. So'z tuzulmalari ba'zan Ingiliz tiliga ham o'xshab ketadi.

Xitoy tilini o'rganish uchun qaysi kursga borish kerak

Ushbu tilni o'rganish uchun ko'plab kurslar mavjud. Ammo biror bir kursni tanlamasdan avval, ustozlarning bilim saviyasiga, iloji bo'lsa nativ speaker (sof gapira oladigan) bo'lishiga e'tibor bering.

Aynan biz sizga uchbu sifatlarga ega malakali o'qituvchilarni taqdim qila olamiz.

Onlayn kurslarimizning qulayliklari:

Chet elga chiqib turli qiyinchiliklarga duch kelishingizga hojat yo'q.

Agarda chet elga chiqmoqchi bo'lsangizku ammo bunga imkoningiz bo'lmasa, biz sizga chet el muhitini yaratib beramiz.
Vaqt yetmasligidan shikoyat qilsangiz bizning kursga qo'shilib, ishingiz yoki o'qishingizni davom ettirishingiz mumkin.
Moddiy jihatdan chet el kabi sizni qiynamaydi.
Ustozlarimizdan bevosita yordam olishingiz mumkin bo'ladi.

Onlayn kursga ro'yxatdan o'tish uchun

Tel: +998712001123

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib obring!

YouTube | Instagram | Facebook | Telegram

Report Page