1984

1984

βεκ (XONGREY)

#Mutolaa_sehri — Jorj Oruel “1984”


Atoqli ingliz yozuvchisi Jorj Oruelni biluvchilar oramizda oz bo'lsa, ajab emas. Uning shoh asari "1984" hisoblanadi. Asarda "Katta og'a" taxallusi bilan murojaat qilinuvchi mustabid va u o'rnatgan tartib to'g'risida qalam suriladi. 

Adib aynan qaysi mamlakatni prototip sifatida tanlagani ma'lum emas. 


Ba'zilar "1984" ni teskarisiga o'girsak, "1948" - ya'ni eng ko'p aholiga ega Xitoyda sotsialistik rejim o'rnatilishi, "1984" - eng ulkan kommunistik davlat SSSR ning qulashiga zamin bo'lgan qayta qurish davriga ishora qilib, asarni "1984" deb nomlagan deydilar. 


Ba'zilar esa asarda notenglik g'oyasini namoyon qilish orqali AQSH ni tanqid qilgan deyishadi. G'arb adabiyotshunoslari orasida bu tortishuv hali hanuz yechim topgani yo'q. Biroq, asar AQSHda ham SSSRda ham qattiq tanqid qilingan. Asarda inson erki g'oyasi ilgaro suriladi. Unda shaxslarning xayolidan o'tayotgan fikrlarini qanday qilib o'qishlari, ommani axborot vositalari orqali qay yo'sinda manipulyatsiya qilishlari juda qiziqarli syujetga singdirilgan. 


Asarda, shuningdek, totalitar mustamlakachi hukumatning aholi orasida erkinlik g'oyalarini bog'ish uchun lug'atlardan "keraksiz" so'zlarni asta-sekinlik bilan chiqarib tashlash jarayonini ham yoritadi. (Eslaymiz, Sovetlar davrida ruscha so'zlarni ilmiy-publitsistiknasarlarda qo'llash moda edi). Qisqasi, asar AQSH kapitalizmi hamda SSSR totalitarizmini shafqatsiz fosh qilgan XX asr durdonasi.

Report Page