18-noyabr O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan piyoda yurish marafoni o‘tkazildi (foto)

18-noyabr O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan piyoda yurish marafoni o‘tkazildi (foto)

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

16-noyabr, shanba kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakat bo‘ylab piyoda yurish marafoni tashkil etildi. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Piyoda yurish marafoni 18-noyabr O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etildi.

Poytaxtda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

“Ma’lumki, hozirgi urbanizatsiya davrida kamharakatlilik butun dunyoda muammoga aylangan. Holsizlik, uyquchanlik, uyquning buzilishi, diqqat-e’tiborni jamlashning sekinlashishi, xotiraning pasayishi, sababsiz charchash hissi, semizlik — bu kabi belgilar ko‘pchilikda uchraydi. Lekin kamdan-kam odamlar bu holatlarni kamharakatlilik bilan bog‘laydi. Shu bois ham, Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni faol harakatga chaqirib, muntazam ravishda yurish marafonini tashkil qilib kelmoqda. Ushbu jarayonda faol ishtirok etish uchun ozgina havsala qilsak bas. Aslida ham yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayi hisobalanadi. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q. Ijobiy ta’siri esa juda yuqori. Yurish organizmning umumiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi, mushaklarni baquvvat qiladi, suyak to‘qimasini mustahkamlaydi, harakatlarni muvofiqlashtirishni rivojlantiradi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklarini ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Ya’ni, haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faol bo‘lgan insonlar kamroq harakatlanadiganlarga qaraganda sog‘lomroq ekan. Bundan tashqari, jismoniy faollik natijasida organizmda biosintez jarayoni faollashadi, qon aylanish jarayoni 4-5-marta kuchayadi, yurak qisqarishlari soni tezlashadi, bu esa organizmda yangi energiya hosil bo‘lishiga va energiya bilan ta’minlanish yaxshilanishiga olib keladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Sog‘lom turmush targ‘ibotiga qaratilgan ushbu ommaviy piyoda yurish marafoni mamlakatning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Jumladan, poytaxtdagi “Ashxobod” sayilgohida o‘tkazilgan marafonda minglab aholi ishtirok etdi, deyiladi xabarda.

Report Page