“HILPIRAYDI YURTIM BAYROGʻI”

“HILPIRAYDI YURTIM BAYROGʻI”

t.me/jizpi_online

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika institutida “HILPIRAYDI YURTIM BAYROGʻI” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.


"Sanoat texnologiyalari" fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, institutning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, "Sanoat texnologiyalari" fakulteti dekani I.Abbazov, “Viloyat kutubxonasi ma’naviy-ma’riy ishlar bo‘yicha yoshlar bilan ishlash” sektori mudiri S.Erbo‘tayeva, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 


Tadbirni institut rektori A.Usmankulov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Shundan so’ng mehmonlarga so’z berildi. Tadbirda so'zga chiqqanlar bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo'lib kelgani, ajdodlarimiz ham yurt bayrog'ini muqaddas bilib, uni ko'z qorachig'idek asraganlari, u kuch-qudrat, jasorat, g'alaba timsoli bo'lganini alohida ta'kidladilar.  


Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i haqidagi videorolik namoyish etildi.


Videorlik namoyishidan so'ng navbat badiiy qismga berildi. 

Tadbirning badiiy qismida institutning faol va iqtidorli talabalari o'z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay imkoniyat bo'ldi.

Talabalar o'zlarining kuy qo'shiqlari, badiiy chiqishlari bilan barchani mamnun etishdi.


Vatanparvarlik ruhida bo'lib o'tgan bayram tadbiri o'yin-kulgular bilan davom etdi.

Report Page