Jizzax politexnika institutida Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi

t.me/JizPI_online

Bugun, 15-aprel kuni "Arxitektura va qurilish" fakulteti "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi tashabbusi bilan o‘zbek estradasining asoschilaridan biri Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Unda Jizzax davlat pedagogika institutining musiqa sohasidagi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari mehmon sifatida qatnashdilar. Jizzax davlat pedagogika instituti hamda institutimizning iqtidorli talabalari ijrosida qo‘shiq va raqslar namoyish etildi, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga, faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va Botir Zokirovning qo‘shiqlari yozilgan disklar sovg‘a qilindi.




Report Page