#Muammoli vaziyat 14...

#Muammoli vaziyat 14...


31-mart kuni telegram kanalda berilgan muammoli vaziyat (savol)ning javobi A variantdir.

Mazkur muammoli vaziyatning javobini topish, har bir shaxsdan e'tibor, mantiq va vaziyatga real yondashuvni talab qiladi.

Yuqoridagi rasmga e'tibor beradigan bo'lsak, to'g'ri javob A variant ekanligini tezda anglab yetamiz. Chunki, mazkur muammoli vaziyat bo'yicha berilgan ikkinchi savol(askar qayerdan qochib ketishga muvoffaq bo'lganligi)ga rasm asosida real yondashadigan bo'lsak, mantiqan A javob to'g'ri hisoblanadi. Chunki, faqat A variantda askar qochib ketishiga muvoffaq bo'lgan joy- xonaning pastgi qismida joylashgan, havo almashinishi uchun qurilgan maxsus quvur deb ko'rsatilgan. Boshqa barcha variantlarda esa shipda mavjud to'rtburchak shaklidagi yoriq- askar qochib ketishga muvoffaq bo'lgan joy deb ko'rsatilgan.

Shipda mavjud yoriq va stol ustida turgan qurol saqlash uchun maxsus quti orasidagi masofaga e'tibor bering.

Bundan tashqari, maxsus qutining holati(ochiq holda turishi)ga(pushti rang strelka)ham e'tibor berish kerak. Askar shipdagi yoriqdan chiqib ketishi uchun maxsus quti yopiq turgan bo'lishi shart. Chunki, bu qutida maxsus mexanik muruvvat(qutining o'zi ochilishi uchun maxsus egiluvchan metall muruvvat) mavjud emas. Maxsus qurulmaning bu holati askar chiqishi uchun real noqulaylik tug'diradi.

1- savolga e'tibor beradigan bo'lsak, xona nima uchun bunday tartibsiz holga kelganligini topishimiz kerak. Xonaning bunday tartibsiz holga kelishi, askarning o'zi uchun kerak bo'ladigan narsalarni izlashi bilan asoslanadi. Chunki, harbiy kemadan tashqarida suv(dengiz) mavjud. Agar askar bu kemadan qochishga muvoffaq bo'lgan taqdirda ham, uning keyinchalik yashab ketishi uchun zaruriy buyumlar eng asosiysidir.

3- savolda esa askar aynan qanday ashyo(lar) bilan qochib ketganini topishimiz kerak. Askar qamab qo'yilgan mazkur joy qurol-yarog' omboridir. Demak, u o'zini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan himoya qilish uchun qurol bilan ushbu omborni tark etgan. Lekin, qanday qurol bilan tark etgan bo'lishi mumkin? Askar o'qlangan to'pponcha bilan ushbu xonani tark etgan. Chunki, xonaning pastgi qismida joylashgan havo almashinishi uchun qurilgan maxsus quvur- tor va unda sudralib yurish talab etiladi. Askar ushbu vaziyatda o'zi uchun har tomonlama qulay, ixcham va samarali foyda beradigan quroldan foydalanishi aniq. Bunday sifatlar mavjud qurol bu- to'pponchadir.


Eng to'g'ri javob A variantdir.


Ushbu muammoli vaziyatga:

@Aminov_Sukhrob

@noxrimA02

ROMA

nomli telegram profil egalari to'g'ri javob yozishgan.


Tergov. uz telegram kanalining faol va doimiy foydalanuvchisi @Aminov_Sukhrob ushbu muammoli vaziyatga haqiqiy tergovchilar kabi yondashib, o'z fikrlarini asoslangan holda bildirib, to'g'ri javobni yozgan.


@noxrimA02 nomli telegram profil egasi ham ushbu savolga real yondashib, to'g'ri javob yozgan.


Barcha to'g'ri javob egalariga minnatdorchilik bildiramiz.


Tergov. uz telegram kanali

Report Page