Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini 1-2-sinflarda amaliyotga joriy etilmoqda.

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini 1-2-sinflarda amaliyotga joriy etilmoqda.

Metodik xizmat bo‘limi axboroti.

Joriy yilning 13-avgust kuni Surxondaryo viloyatida “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini 1-2-sinflarda amaliyotga joriy etish” mavzusuda o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2021/2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 335-sonli buyrug‘i ijrosi hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 9-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturininig dastlabki loyihasini tasdiqlash va tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 298-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida dasturni sinovdan o‘tkazish uchun viloyatda 5 ta tajriba sinov maktablari belgilandi.

Seminarni Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi boshlig'i D.Nazarova kirish so‘zi bilan ochib, seminar ishtirokchilarining vazifalari hamda ushbu o‘quv seminardan ko‘zlangan maqsad haqida ishtirokchilarga o‘zining fikr mulohazalarini bildirdi. 

         Seminarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining barcha fan metodistlari, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining professor-o‘qituvchilari, 245 nafar tuman (shahar) trenerlari hamda faol o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

20 nafar viloyat trenerlari tomonidan 5 ta yo‘nalishdagi sho‘balarda o‘quv-mashg‘ulotlari olib borildi.

        O‘quv seminarda umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati,
1-2-sinflar uchun darslik va o‘quvchi mashq daftarlarini amaliyotda qo‘llash, o‘quv tarbiya jarayonini o‘qituvchi kitobi asosida sifatli tashkil etish amaliyoti, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikamalarni rivojlantirishda fanlararo integratsiyani ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayonini o‘qituvchi kitobi asosida sifatli tashkil etish amaliyoti, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quv-didaktik resurslardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini baholash metodologiyasi, o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar vа baholash mezonlari, o‘quvchilar natijalarini baholash va ta’lim sifati monitoringi haqida trenerlar tomonidan ma’ruza va taqdimotlar qilindi.


Shuningdek seminar davomida 1-2-sinf matematika darsligining muallifi Lolaxon O‘rinboyeva bilan ZOOM dasturi orqali onlayn muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarga darsliklardagi o‘zgarishlar, ularning avvalgi darsliklardan farqli jihatlari, afzallik tomonlari xususida batafsil tushunchalar berildi.

Darslik muallifining onlayn tarzdagi ishtiroki tadbir mazmundorligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ushbu maqsadli seminarning o‘quv reja va o‘quv dasturi Respublika ta’lim markazi mutaxassislari, yetakchi olim, ilmiy xodimlar hamda ilg‘or tajribali amaltiyotchi o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular asosida 1-, 2-sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni o‘qitishni sifatli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan videodarslar, metodik tavsiyalar, dars ishlanmalar, taqdimotlar va o‘quv topshiriqlari namunalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi metodistlari hamda trener o‘qituvchilariga elektron nusxada taqdim etildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy bo‘lgan o‘quv seminar davomida ishtirokchilar bilan birga yangi 2021-2022-o‘quv yilida viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbarlari va o‘qituvchilariga Milliy o‘quv dasturi hamda u asosida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarni yetkazish va shular asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. O‘quv-seminar ishtirokchilariga Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish yuzasidan zarur metodik tavsiyalar berildi.

Tashkil etilgan o‘quv seminarda faol ishtiroki hamda viloyat treneri sifatida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar seminar yakunida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining sertifikati bilan taqdirlandi.


Report Page