Metodik kunlarda o‘qituvchilar uchun o‘quvlar o‘tkazilmoqda.

Metodik kunlarda o‘qituvchilar uchun o‘quvlar o‘tkazilmoqda.

Metodik xizmat axborotidan

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining fan metodistlari tomonidan metodik kunlarda fan o‘qituvchilarining bilim salohiyatini oshirish borasida o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 13-dekabr kuni Qumqo‘rg‘on hamda Qiziriq tumanlarida 4 ta sektor hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarida viloyat trenerlari tomonidan tayanch o‘quvlar tashkil etildi.

Ushbu o‘quvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, murakkab mavzularni zamonaviy metodlar yordamida o‘quvchilarga yetkazish. 

Ushbu o‘quvda trener o‘qituvchilar tomonidan “Nostandart masalalarni yechish. Sodda tengsizliklarni isbotlash” hamda “Matematik savodxonlikni baholash” mavzularida maxorat darslari o‘tildi.

Shuningdek, matematika va informatika fani o‘qituvchilarining Milliy sertifikat olishlari uchun o‘qituvchilar tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xaqida tushuntirish berildi.


Report Page