Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda

t.me/jizpi_online

Ma'lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkazilishi belgilangan.

Kirish test imtihonlari jarayonlari Jizzax viloyatida ham qizg'in davom etmoqda.

Jizzax politexnika instituti huzuridagi Sh.Rashidov politexnika va Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumlariga 2021-2022 o‘quv yiliga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish test-sinovlarini o‘tkazish joriy yilning 12-16-noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

Kunduzgi qabul rejalari ikkala texnikum uchun umumiy 360 nafardan bo‘lib, institut huzuridagi Sh.Rashidov politexnika texnikumiga 108 nafar grant asosida, 252 nafar shartnoma asosida, Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumiga 112 nafar grant asosida, 248 nafar shartnoma asosida qabul rejasi tasdiqlangan, bugungi kungacha Sh.Rashidov politexnika texnikumiga 413 nafar, Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumiga 390 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan.

Joriy yilning 12-noyabr kundan boshlab abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish test-sinovlari Jizzax olimpiya zahiralari kolleji va paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumi, paxtakor pedagogika kolleji binolarida o‘tkazilmoqda.

Test-sinovi ikki smenada (1-smena soat 09:00 dan 12:00 gacha, 2-smena soat 14:30 dan 17:30 gacha) tashkil etilmoqda.

Shafoflikni ta’minlash maqsadida ota-onalarga test-sinov jarayonini kuzatishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, institut professor-o‘qituvchilari tarkibidan tashkil etilgan tajribali nazoratchilar guruhi jalb etilgan.

Report Page