Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Jizzax politexnika institut…
t.me/jizpi_onlineTadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Jizzax politexnika institutida saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, mahalliy Kengash deputatlari, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Dastlab, ishonchli vakil yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturidagi ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.
So‘ngra so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar misolida Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari aynan zamonaviy ilm-fan asoslarini puxta egallagan, yetuk mutaxassilar ekanligi aytib o‘tildi.
Partiyadan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili ekanligi alohida ta’kidlangan. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ustivor masalalardan biri ekanligini nazarda tutib, bu boradagi ustivor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, 2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, amalda joriy etiladi.
Oliy ta’lim tizimida qamrov darajasi 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari barpo etiladi.
2026 yilgacha xususiy oliy ta’lim tashkilotlari soni kamida 50 taga yetkazilib, ularda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish imkoniyati yaratiladi.
Tadbir davomida Jizzax politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi X.Xidirov hamda institut talabasi Q.Safarovlar ham so'zga chiqdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, ta’lim tizimidagi islohotlarning izchil davom ettirilishi Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidlab, O’zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.