Ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

t.me/JizPI_online

 Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining majlisida berilgan topshiriqlarni hududlarda ijrosini tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax politexnika institutining Majlislar zalida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Ijodiy uchrashuvda targ‘ibot guruhi a’zosi Toshkent Yuridik Universiteti o‘qituvchisi, “ Hayrat” ko‘rsatuvi muallifi Rahmon Qo‘chqorov, Falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sayyora To‘ychiyevalar ishtirok etdilar. Uchrashuvga tashrif buyurganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ- 5040- sonli Qarorining mazmun- mohiyati, ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Shoira Sayyora To‘ychiyeva o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va atroflicha ma’lumotlarni oldilar.



Report Page