Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi qarorining ijrosi tumanda qay darajada???

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi qarorining ijrosi tumanda qay darajada???

https://t.me/oqoltindavlattili

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining 2021 yil 7 iyulda “Oqoltin tuman korxona va tashkilotlarida hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritish to‘g‘risida”gi VI-50-17-9-122-K/21-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimligi va tashkilotlarda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman hokimligi xodimlari va tuman tashkilotlarida Kengash qarori ijrosi ta’minlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Kengash qarorida Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilot rahbarlariga 2021-yilning 1-iyulidan:

-        Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaroriga asosan barcha korxona va tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilishi;

    -   idora va tashkilotlar nomlari (peshlavhalar)ning davlat tilida, lotin   

        yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida xatosiz yozilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada tuman hokimi o‘rinbosarlari va ularning mutaxassis xodimlari tomonidan ish hujjatlari kirill alifbosida, xatolar bilan yozib kelinmoqda. Tashkilotlardagi targ‘ibot vositalari, e’lonlar kirill alifbosida yozilganligi aniqlandi. 



Tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik xodimlari va tashkilot rahbarlari tomonidan Kengash qarorining ijrosi ta’minlanmas ekan, oddiy fuqarolardan nima kutamiz?.

S.Rayimov                 

 Tuman hokimi maslahatchisi

Report Page