1234

1234

QVZ ga marhabo!!!

2019-yil 16-mart sanasi institutimiz talabalari uchun yana bir ajoyib kun😉 sifatida muhrlandi. Sababi institut "Madaniyat saroyi"da bir necha yillardan beri o'tkazilib, o'z safiga minglab yoshlarni chorlagan "QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR"😁 ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovga institutimizning barcha fakultetlaridan vakil jamoalar o'zlarining yangicha g'oya😉, o'zgacha uslub👍 va bir-biridan qiziqarli✌️ sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlovni tomosha qilish uchun institutimiz professor o'qituvchilari hamda talabari👦👧, shuningdek poytaxtimizning boshqa oliy ta'lim dargoxlari talabalari👩‍🎓‍👨‍🎓 ham tashrif buyurishdi. Hakamlar hay'ati sifatida esa QVZ oilasida tarbiya topgan va bugungi kunda "MILLION"😆 jamoasi a'zosi sifatida faoliyat yuritayotgan ajoyib yigitlar, shuningdek "TARG'IBOT"💪 jamoasini bir necha bor g'oliblik shoxsupalariga olib chiqqan shovvoz yigitlar👌 jamoalarning chiqishlarini baholab borishdi. Yakunda esa GTQ fakultetining "ONLINE" jamoasi 3-o'rin👏👏, QSXET fakultetining "SHUNCHAKI" jamoasi 2-o'rin👏👏 hamda faxrli 1-o'rinni GM fakultetining "NOILOJ"👍👏👌 jamoasi qo'lga kiritdi. Bu tanlovning o'tkazilishidan maqsad qaysi fakultet jamoasi oldinda ekanligini aniqlash emas, aksincha institutimiz yelgilmas💪 "TARG'IBOT"👊 jamoasiga yangi a'zolarni to'plashdan iborat edi. Har bir inson ajib bir xilqat☺️, har bir insonning alohida istedodi😊 bo'ladi. Agar sizda ham shunday qobiliyatlardan bor bo'lsa, biz sizni "SAFIMIZGA CHORLAYMIZ!!!"💪💪

Report Page