ᅠᅠ

ᅠᅠ


________________________________________________________
Rasmiy nomi — Estoniya Respublikasi
Mustaqillik sanasi — 1990 yil 8 may (Sovet Ittifoqidan) 1991 yil 20 avgustda mustaqilligi tasdiqlangan.
Poytaxti — Tallin
Maydoni — 45 399 km2
Aholisi — 1 343 101
Boshqaruv shakli — parlamentar respublika
Prezident — Alar Karis
Rasmiy tili — eston
Pul biligi — yevro

XVIII-XIX asrlargacha estoniyaliklar oʻzlarini “maarahvas” – (“yer, zamin xalqi”) – yaʼni dehqonchilik bilan shugʻullanuvchilar deb nomlashgan. Eestiane atamasi lotin tilidagi Aestidan olingan boʻlib, bu atama Tatsit tomonidan Boltiq dengizining qirgʻoqlarida yashagan xalqqa nisbatan qoʻllanilgan.
Skandinav bitiklarida Eistland nomi qayd etilgan va bu nom island tilida hozirda ham Estoniyaga nisbatan ishlatiladi. 1918 yilda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan paytda ushbu davlat “Estoniya” deb nomlana boshlangan.
Poytaxti — Tallin

Poytaxti — Tallin

Poytaxti — Tallin

Geografik joylashuvi. Sharqiy Yevropaning shimoli gʻarbidagi davlat. Sharqda Rossiya (chegaraning uzunligi — 280 km), janubda Latviya (267 km) bilan chegaradosh. Gʻarbda Estoniya Boltiq dengizi, shimolda Fin koʻrfazi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 557 km, sohil boʻylab chegara uzunligi — 1393 km. Mamlakat hududining katta qismini tekisliklar tashkil etadi. Mamlakatning janubi sharqida qirliklar bor. Asosiy tabiiy resurslar: yonuvchi slaneslar, fosforitlar, torf, neft, kahrabo. Haydaladigan yerlar hududning 22% ini, oʻrmon va toʻqaylar 35% ini tashkil etadi. Iqlimi dengiz iqlimidan kontinentalga oʻtuvchi.
Estoniya Respublikasining bayrog'i
Tarixi. XIII asrda estonlar avval nemislar, keyinroq daniyaliklar tomonidan boʻysundiriladi. Daniyaliklar Tallinga asos solishadi. 1346-yilda hozirgi Estoniya hududini Tevton ordeni Daniyadan sotib oladi. Ivan Grozniy hukmronligi davrida Rossiya Narva va Tartuni bosib oladi. Tevton ordeni parchalangandan soʻng (1561) Estoniya Shvetsiya, Daniya va Rech Pospolita oʻrtasida boʻlib olinadi. XVII asrda Estoniya mamlakatga lyuteranlikni olib kelgan Shvetsiyaga qaram boʻladi. Shimoliy urush (1700-1721) davrida Estoniya Pyotr I tomonidan zabt etilib, Nishtadt shartnomasiga koʻra Rossiya tasarrufiga oʻtadi. 1917-yilning fevral inqilobidan soʻng Estoniya mustaqillikka erishadi, lekin 1917-yilning noyabrida bolsheviklar mamlakatda sovet hokimiyatini oʻrnatadi. Nemislar Estoniyani 1918-yilda bosib oladi va Estoniya muvaqqat hukumati 24-fevralda eʼlon qilinadi. Bu mustaqillik Germaniyaning kapitulyatsiyasidan soʻng, 1920-yilda tan olinadi. 1934-yilda mamlakatda diktatura, 1940-yilda sovet qoʻshinlari bostirib kirishi oqibatida sovet hokimiyati oʻrnatiladi. 1944-yilda nemis qoʻshinlaridan ozod qilingan Estoniya 1991-yilgacha SSSR tarkibiga kiradi. 1991-yilda Esto­niya mustaqilligi rasman tasdiqlanadi. 2004 yildan Yevropa Ittifoqi aʼzosi.
Estoniya Respublikasining bayrog'i
Iqtisodiyoti. Yevropa Ittifoqi sifatida Estoniya Jahon banki tomonidan yuqori daromadli iqtisodiyot hisoblanadi. Mamlakatning jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (PPP) 40-o‘rinni egallagan va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra 2023 yilda aholi daromadlari 46 385 dollarni tashkil etdi. Estoniya hayot sifati, taʼlim, 250]matbuot erkinligi, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va texnologiya kompaniyalarining qamrovi boʻyicha xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarda turadi. Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: slanes qazib olish va qayta ishlash, yogʻochni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati. Qishloq xoʻjaligi asosan goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan.
Pul biligi — yevro
Davlat tuzilishi — Respublika. Mamlakat tarkibiga 15 viloyat (maakan)ga bo‘linadi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshligʻi) va Bosh vazir boshqaruvidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Riygikogu (parlament).
Estoniya

Manbalar: wikipedia.org / geografiya.uz
Tayyorladi: Imomov Xurshid / Marhamah Study buyurtmasi asosida!

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
👉 TELEGRAM KANALGA KIRISH 👈
👉 MARHAMAH STUDY 👈
👉 FANLAR 👈

Report Page