123

123

Abbos Hoshimov

KELAJAK VORISLARIGA EʼTIBOR


    Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda kelajagimiz egalari, umidimiz yulduzlari-yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat darajasiga chiqqanligi hech kimga sir emas. Yoshlarning chuqur bilim olib, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayniqsa, ularning yurtimiz rivojida munosib o‘rni va roli borligi ham hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqat sanaladi. Shu bois, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajak hayotiga bo‘lgan ishonchlarini yanada oshirish, ajdodlariga munosib avlod sifatida tarbiyalash galdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. XX asr adabiyotining buyuk namoyandasi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek "O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom, siyosiy yuqori saviyali go‘zal yoshlarimiz bizning iftixorimizdur" deganlarida naqadar haqligini anglaymiz. Bugun yoshlarimiz erishayotgan ulkan yutuqlardan ko‘rishimiz mumkinki, bu moʻtabar zaminda ulug‘ ajdodlarga munosib izdoshlar tarbiyalanayotgani ham bor haqiqat. Albatta, kelajak egalariga beriladigan e’tibor kelgusida ularning muhim natijalarni qo‘lga kiritishiga zamin bo‘ladi. Ana shu vazifalarning ijrosini oliy darajada ta’minlash maqsadida hududlarda qator tadbirlar, turli bayram dasturlari bo‘lib o‘tmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, OTM prorektorlaridan iborat respublika ishchi guruhi taklif va tavsiyalari asosida Qo‘qon davlat pedagogika institutining talaba yoshlari va QDPIga biriktirilgan uyushmagan mahalla yoshlari ishtirokida "Talaba FEST" deb nomlangan kechki madaniy-ma’rifiy bayram dasturi namoyish etildi. Ushbu tadbirda ishtirok etar ekanman, Qo‘qon yoshlarining buyuk ajdodlariga munosib izdoshlar bo‘lib yetishishi, yoshlarga yaratib berilgan imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani xususida fikr yuritib, barcha yosh ko‘ngillarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov nomidan tabriklab, bu yurtda yashayotgan har bir yosh Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, Nodirabegimlarning munosib davomchilari bo‘lib yetishsin deya nurli tilaklarimni izhor qildim. So‘zim so‘nggida o‘z ijod namunalarimdan o‘qib berdim. Kelajak vorislariga e’tibor asnosida tashkil etilgan ushbu tadbir talaba yoshlar hamda mahalla yoshlari ishtirokidagi badiiy qismga ulanib ketdi. Hur ko‘ngillarning shijoati, yuqori kayfiyati, mahalla yoshlari va talabalarning ajib kuy va raqslari o‘zgacha ruh bergan ushbu tadbirda ishtirok etar ekanman, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "Yoshlik — she’riyat, go‘zallik, dunyoning quvonchi" degan so‘zlarining amaliy isbotini ko‘rgandek bo‘ldim va yosh ko‘ngillarga ushbu faslni qadriga yeting degim keldi. Zero, she’riyat, go‘zallik bor joyda dunyoning tengsiz quvonchiga arziydigan munosib hayot tarzi bor. Ko‘zi yoniq, qalbi shijoatga to‘la yoshlarimiz uchun esa kelgusida bu kabi tizimli tadbirlarimiz davom etadi.


        MIRZOHID BOTIROV

FARPI BIRINCHI PROREKTORI

Report Page