123

123

Abbos Hoshimov

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi homiyligida nashr etilgan "Ashurali Zohiriy – yurt va millat fidoyisi" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Farg‘ona viloyati aхborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari, Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti o‘qituvchilari, 1-2 kurs talabalari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini ta’kidlab, Ashurali Zohiriy hayoti va ijodi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.


Shuningdek, tadbir davomida viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan Davlat tili hamda “O‘zbek tili” darsligini yaratgan atoqli olim, jurnalist va tarjimon, jamoat arbobi, publistik va jadidchilik g‘oyalari targ‘ibotchisi Ashurali Zohiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Report Page