Internetni tezroq ishlashining 6 usuli. Kompyuter

Internetni tezroq ishlashining 6 usuli. Kompyuter

Zucco Academy


Biz har kuni ishda va uyda Internetdan foydalanamiz va shubhasiz ko`pchiligimiz fayllar va sahifalarni tezroq yuklanishini xohlaymiz.

Bugun shunday muammolarni bartaraf qilish uchun, sizlar uchun 6 ta usulni yig'dik(faqat kompyuterlar uchun). O'ylaymizki, bu usullar bilan sizlar yanada tezroq va rohat bilan o'z ishingizni bajarasiz.



Internet routeringizni to`g`ri joylashtiring va u bilan kompyuteringiz orasidagi masofani kamaytiring. 

Kam ulanish tezligining sababi Wi-Fi routerining zaif signali bo`lishi mumkin. Buni tuzatish uchun kompyuteringizni va routeringizni iloji boricha bir-biriga yaqinroq qilib qo`ying. Router uchun eng yaxshi joy uyning markaziga, ideal ravishda devorga yoki baland javonga yaqinroq. Iloji boricha, qo`shningizning Wi-Fi routeringizni elektr simlari, simsiz telefonlar, kompyuter kabellari, mikroto`lqinli pechlar, bolalar monitorlari va galogen lampalar uziqroq qo'yinin. Bunday simlar va to`lqinlar radio signallarini qabul qilishga xalaqit berishi mumkin. 



Antivirus dasturi bilan kompyuteringizni kamida haftasiga bir marta skanerlang.

Viruslar nafaqat qimmatbaho ma`lumotlarning tarqalishi xavfini yoqotadii, balki Internet-trafik tezligini ham kamaytirishi mumkin. 



Keshni optimallashtirish.

Sahifalarni tezroq ochish uchun brauzerlar sayt ma`lumotlarini keshda saqlaydi. Agar kesh to`la bo`lsa, u brauzer ishini sekinlashtiradi. 



Hozir kerak bo`lmagan yangilanishlarni o`chirib qo`ying. 

Qo'shimcha ikkitadan ko'p dasturlar ishlayotganda, ayniqsa, ularning versiyasini yangilashda tezlik qisman kamayadi. Siz foydalanilmaydigan dasturlarni o`chirib qo`yish orqali Internet tezligini oshirishingiz mumkin. 



Web saytlardagi reklamalarni bloklash.

Reklamani blokirovka qilish - bu sizning joninga tegadigan banner yoki reklama linklarni o'chirish. Axir, bu ma`lumotlar sahifaning «веса» ning 70% gacha oladi va ulanish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Antivirus sozlamalarida yoki maxsus dasturlardan foydalangan holda web saytlardagi reklamalarni o`chirib qo`yishingiz mumkin. 



Wi-Fi'da parol mavjudligini tekshiring. 

Internetni Wi-Fi orqali uzatishda uning tezligi barcha ulanganlar orasida taqsimlanadi. Shuning uchun, agar sizning Wi-Fi'ga bir vaqtning o`zida 20 kishi ulangan bo`lsa va maksimal tezlik sekundiga 20 megabitni tashkil etsa, unda hamma atigi 1 megabitni oladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun Wi-Fi tarmog`ingizga parol qo`ying.


https://t.me/zuccoacademy

Report Page