17-avgustdan masjidlar ochiladi, hozircha juma namozlariga ruxsat yoʻq

17-avgustdan masjidlar ochiladi, hozircha juma namozlariga ruxsat yoʻq



🕌 Oʻzbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich yana faoliyat koʻrsata boshlaydi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekistonda 17-avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shu bilan birgalikda, masjidlarda hozircha juma namozlari oʻqilishi boshlanmaydi.


🏢 “17-avgustdan diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qatʼiy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini taʼminlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi”, deyiladi komissiya axborotida.


🏪 Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan eʼtiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati toʻxtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26-iyuldagi qaror bilan karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgandi.

🚩 Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram | Instagram| Facebook

Report Page