Velosipedchilar uchun "yozilmagan qoidalar"

Velosipedchilar uchun "yozilmagan qoidalar"



🛣 Kundalik hayotimizda velosiped hayotimizning bir boʻlagiga aylanib qolgan. Shuning uchun tegishli davlat muassasalari tomonidan velosiped foydalanuvchilar uchun bir qancha zaruriy qonun-qoidalar ishlab chiqilgan. 


🛎 Lekin “yozilmagan qoidalar”ni ham alohida keltirib oʻtishimiz kerak. Bu qanday yozilmagan qoidalar ekan degan savol ham albatta tugʻiladi. Bu bizning milliyligimizga oid boʻlgan, odob-axloq doirasidagi qoidalardir. Quyida shu “yozilmagan qoidalar”ning bir qanchasi bilan tanishtirib oʻtaman.


❗️ Diqqat! Bu qoidalar mening fikrim emas. Barchasi oʻzbek xalqining odob-axloq doirasida yuzaga kelgan qoidalardir.


🔸 Velosipedni yoʻlda koʻpchilik boʻlib minganda mashinalarga xalaqit bermaydigan darajada, orqama-orqa yoki yoʻlning chetida haydash kerak.


🔸 Biron katta yoshli velosipedchini quvib oʻtish paytida albatta salom-alik qilib, vaqting ziqligini biron ishora bilan bildirib, keyin oʻtib ket.


🔸 Bolalar minib ketayotgan velosipedni ilojing boʻlsa oldinga oʻtkazib yubor, chunki uning kuchi seniki bilan teng emas, senga yetaman deb charchab qolishi mumkin, oldinga oʻtkazib yuborish bilan uning oʻz kuchiga boʻlgan ishonchini orttirgan boʻlasan.


🔸 Hech qachon ayoli yoki qizini mindirib ketayotgan odamni quvib oʻtib ketma, yo ancha uzoqda qolib yur, yo yoʻlning boshqa chetidan sekinroq oʻtib ket, chunki bu bilan oʻsha erkakni yaqinlari oldida xijolatdan qutqargan boʻlasan.


🔸 Yoʻlda uchragan piyoda bolani yoʻling bir boʻlsa mindirib ketishni odat qilgin. 


🔸 Qoʻshning velosipedni soʻrasa albatta ber.


🔸 Yoʻlda velosipedi buzilib qolgan insonga albatta yordam ber.


💁‍♂️ Hozircha shular edi. Agarda siz bobo yoki buvilarimizdan shunday hikmatli soʻzlarni eshitgan boʻlsangiz albatta kommentariyda qoldiring.

Report Page