123

123

Komiljanov Sherzod


1-qism

2-qism

3-qism

Muvaffaqiyatning ikkinchi omili bu maqsad

Omad. Har bir insonning hayot yo’lida o’z omadini Yaratgan Egam belgilab qo’ygan. Albatta juda kuchli xohishlar va harakatlar sizni omadga yaqinlashtiradi. Bekorga omad kuchlilarga kulib boqadi deyishmagan. Shu sababli siz barcha raqobatchilardan kuchli bo’lishingiz omadingiz kelishiga ham sababchi bo’lishi mumkin.

Har bir insonning bu hayotda yashar ekan o’z oldiga aniq bir maqsad qo’yadi. Eng oliy maqsad bu Yaratgan Egamni roziligi bo’lsa, dunyoviy maqsad jamiyatda kerakli inson bo’lib yashab o’tishlik. Shu dunyoviy maqsadimiznig bir qismida turli muvaffaqiyatlarga erishishimiz yotadi. Maqsadimizning aniq qo’yilgani ya’ni “men chempion bo’laman”, “men shu tanlovni yutaman” kabi aniq maqsadlar muvaffaqiyatga olib boradi.

Muvaffaqiyatning uchinchi omili bu rejali harakat

Rejali harakat

Biz maqsadga erishishimizda ko’plab harakatlar qilamiz. Lekin agar bular rejali bo’lmasa, hammasi besamar ketadi. Shu sababli siz maqsad qo’yayotganizda rejali qo’ysangiz, ya’ni IELTS ga imtihon topshirmoqchi bo’lsangiz, hafta kunlarini reading, writing, listening, speaking kabi aniq rejali kunlarga bo’lib olsangiz, 6 oyda o’zizga kerakli natijaga erishishingiz oson bo’ladi.

Eng oson yo’li shu mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan insonlar suhbatini olish.

Muvaffaqiyatning to'rtinchi omili bu networking

Networking

Muvaffaqqiyatga erishishda inson yakka o’zi hech nima qila olmaydi. Unga atrofdagi ta’siri katta bo’ladi. Sababi muvaffaqiyatga erishgan insonlarning maslahatlari, motivatsion seminarlar insonning dunyoqarashini o’zgartiradi. Inson o’zining atrofidagi eng ko’p muloqot qiladigan 5 insonning jamlanmasi hisoblanadi. Shu sababli do’stlarni to’gri tanlashlik tavsiya qilinadi.

Muvaffaqiyatning beshinchi omili bu duo

Duo olish

Albatta biz hayotimiz davomida yaqin insonlarimiz ota-onamiz duolari eng katta kuch ekanligiga bilamiz, lekin ko’pchilik beparvolik bilan amal qilamiz. Eng asosiy omil sifatida shu omilni ko’rsatgan bo’lar edim.

Barchamizga ota-onalarimizning umrlari uzoq bo’lsin, duolarini olib yuraylik!

Bonus sifatida o'zim juda ham ko'p marta tomosha qilgan Youtubedagi Nargiza Sattorovaning "Muvaffaqiyat psixologiyasi" treninggini ko'rishni tavsiya qilaman.

Report Page