VILOYAT SOG'LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI BOSHLIG'I G'.N.SAIDOV PUSHKU TUMANIDA

VILOYAT SOG'LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI BOSHLIG'I G'.N.SAIDOV PUSHKU TUMANIDA

Dilshodbek Saidov

Viloyat Sog'liqni Saqlash Boshqarmasi boshlig'i G'.N.Saidov Peshku tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarkibiy tuzilmalari ish faoliyati bilan shaxsan tanishib chiqdi.


Buxoro viloyat Sog'liqni Saqlash Boshqarmasi mudiri G'.N.Saidov Peshku tuman tibbiyot birlashmasida O'z.Res.Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi "Birlamchi tibbbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mehanizmlarni joriy qilish va Sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6110-sonli Farmoni ijrosi qaydarajada yo'lga qo'yilganligini o'rganish maqsadida Peshku TTBga shaxsan o'zi tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida nafaqat tuman kasalxonasi, balki, uning tarkibiy tuzilmalarining ish faoliyati ham ko'zdan kechirildi. Jumladan, Tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi va 32-Qishloq oilaviy poliklinikasi shular jumlasidandir.

Boshqarma boshlig'i yo'lga qo'yilgan tibbiy holatni o'rganib chiqib, kamchilik va muammolarni bartaraf qilishni tushintirdi. Joylarda instrumental va labarator asbob uskunalar, tibbiy jihozlar holatini ko'zdan  kechirib, ish faoliyati bilan tanishib chiqdi.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2866-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va aholiga onkologik xizmat ko'rsatishni takomillashtirish to'g'risida"gi Qarorida ayollar orasida ko'krak bezi saratonini barvaqt aniqlash skrining dasturini joriy etish bo'yicha tumanda yaqinda o'rnatilgan, narxi 1 milliard 800 million so'm bo'lgan Fujifilm kompaniyasining zammonaviy mammograf apparati bilan tanishib chiqib, ushbu apparat yordamida 40-60 yoshdagi ayollarni profilaktik ko'rik (skrining tekshiruvi)dan o'tkazib, aniqlangan kasalliklarni sog'lomlashtirish bo'yicha topshiriqlar berdilar.

Buxoro viloyati Sog'liqni Saqlash Boshqarmasi mudiri G'.N.Saidov Peshku tumaniga qilgan safari mobaynida "Koronavirusga kasalligiga qarshi emlash" jarayoniga ham o'z e'tiborini qaratdi. Emlash jarayonining Tibbiyot birlashma tarkibiy tuzilmalarida qanday tashkil etilganligini kuzatdi.

Xususan 2021 yil 23 aprel sanasiga qadar 985 ta  65-74 yosh oralig'idagi, 267 ta 75-84 yosh oralig'idagi, 36 ta 85 yosh va undan katta tuman aholisi va 512 ta tibbiyot xodimi, jami 1800 nafar aholi koranavirus kasalligiga qarshi emlandi.

Bundan tashqari Tumanda: "Aholining xatlov jarayoni", "Prezidentimizning tibbiyotga doir Qaror va Farmonlari ijrosining ta'minlanishi", "Aholi orasida koranavirus kasalligiga qarshi emlash jarayonining tashkil etilishi", "COVID-19 ning tumanda tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holati" kabi dolzarb muammolar ham G'.N.Saidovning diqqatidan chetda qolmadi.


G'.N.Saidov Peshku tumaniga tashrifi so'ngida Tibbiyot birlashma boshlig'iga tibbiy faoliyatni yanada yaxshilashga qaratilgan zarur topshiriqlarni berdi.

Xususan, koranavirus bilan kasallanish soni yana ortayotganligini inobatga olgan holda Tibbiyot birlashma tarkibiy tuzilmalarida  bir martalik niqoblardan foydalanish, dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalanish, ijtimoiy masofa saqlash, qo'llarni tez-tez spirt, sovun hamda antiseptik vositalar yordamida zararsizlantirish zarurligini takidladi.























































































































































































































































































































Report Page