Ochiq eshiklar kuni
Beshariq AKM2 aprel –“Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularni qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda ularga axborot olish madaniyatini shakllantirish maqsadida shu yilning 2-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazida ham “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirni AKM direktori K.Umarova ochib berdi. Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtaldi, kitobning bebaho xazina ekanligi, kitobdan sodiq do‘st yo‘qligi haqida gapirdi.
“Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazi hovlisi bayramona bezatildi, hovliga kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. “Ochiq eshiklar kuni”da 1-maktab kitobxon o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular ishtirokida “Bolaga kitob bering” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan kitob, Vatanni tarannum etuvchi she’rlar aytildi, kitobning qadr-qimmatini ifodalovchi sahna ko‘rinishi ijro etildi. “Ochiq eshiklar kuni” kechga qadar davom etdi.
Ochiq eshiklar kunini o`tkazib kutubxonaga yangi kitobxonlar a`zo qilindi.
O`quvchilarning badiiy saviyasini oshirishdagi faolligi uchun 1-maktab rahbariyati va jamoasiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.