Bu usul bilan hattoki havoni ham sota olasiz yoki effektiv maqola yozishning 5 usuli ;)

Bu usul bilan hattoki havoni ham sota olasiz yoki effektiv maqola yozishning 5 usuli ;)


February 19, 2022


Ijtimoiy tarmoqlar faqatgina mahsulotlarni sotish uchun mo'ljallanmagan. Balki, asosiy maqsadlardan biri bu ijtimoiylashtirish - ya'ni odamlarning o'zaro muloqot qilishi.

Bunday sharoitda ko'plab, ochiqdan-ochiq mahsulot yoki xizmatning reklamasini ko'rish, odamlarga erish tuyiladi. Lekin, mana shunday vaziyatlarda ham marketingni vazifasi yangi mijozlarni jalb qilishdir. Xo'sh, bugun sizga jalb qiladigan, shu bilan birga odamlarda yoqimsiz taassurot uyg'otmaydigan maqolani - AIDA modelida yozishni yoritib beramiz.

AIDA


Attention, Interest, Desire, Action — e'tibor, qiziqish, xohish, harakat.

Ushbu modelning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat savdo matnlarini yozish uchun, balki B2B va B2C uchun har qanday marketing vositasini yaratishda ham qo'llaniladi.

Ayniqsa, kataloglar, mahsulot kartalari, "landing" sahifalari, elektron pochta xabarlari, bukletlar va tijorat takliflari uchun javob beradi.

Bunday uslubda matn yozishning bosqichlari quyidagicha:

Attention

Mohiyati: O'quvchi e'tiborini jalb qiladigan sarlavha, so'roq yoki undov gap yozish. Lekin bajarish imkonsiz bo'lgan narsalarni va'da qilish aslo mumkin emas. Qo'llanilishi: Grafik dizayn kursi sotiladi. Katta chegirma bo'lmoqda!

Misol: 30% chegirmaga ega Intensiv Grafik Dizayn kursi sotiladi!

Interest

Mohiyati: O'quvchida yolg'on hamda ko'pirtirilgan va bo'rttirilgan ma'lumotlarsiz qiziqish uyg'otish.

Qo'llanilishi: Kursni sotib olganlar uchun sovg'a sifatida maxsus merchendayz: sumka, qadah va ish yuritish buyumlari.

Misol: Har bir kursimizni sotib olganga sovg'a: sumka yoki logotip tushirilgan maxsus qadaq.



Desire

Mohiyati: Mijozda mahsulot yoki xizmatning afzalliklari, o'ziga xosligini namoyish qilish orqali, sotib olish istagini uyg'otadigan ma'lumot.

Qo'llanilishi: Qo'shimcha eksklyuziv materiallar, bepul maslahatlar.

Misol: Kursimizni sotib oling va onlayn kutubxonamizdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ling!



Action

Mohiyati: Xaridorni harakatga chorlash. Ya'ni sizga qo'ng'iroq qilishiga yoki xabar yozishga va h.k.

Qo'llanilishi: Taklifimiz muddati tugab bormoqda.

Misol: Hoziroq sotib oling va 1 oy bepul ta'lim oling!



Agarda maqolani shu modul asosida, tartib bilan yozsangiz, maqolangiz nafaqat ko'p odamlarni jalb qiladi, balki yanada ko'proq konversiya ham olib keladi. 

ACCA


Attention, Comprehension, Conviction, Action — e'tibor, tushunish, ishontirish, harakat.


ACCA formulasi avvalgi modelni to'ldiradi. Ushbu model mijozni hissiy ta'sirsiz, oqilona yondashuv bilan ishontirish uchun mo'ljallangan.

Bunday uslubda matn yozishning bosqichlari quyidagicha:

Attention

Mohiyati: Kuchli sarlavha yordamida odamlarning e'tiborini jalb qilish.

Qo'llanilishi: Instagramda blog ochish va yuritish bo'yicha qo'llanma.

Misol: Blogingizni nafaqat qiziqarli, balki mashhur va daromad keltiruvchi darajaga olib chiqing!

Comprehension

Mohiyati: Mahsulot yoki xizmatni namoyish qilish va kerakli ekanligini isbotlash.

Qo'llanilishi: Kursimizni tamomlaganlarning, real bloglarini boshqa bloglar bilan taqqoslab, ko'rsatib berish.

Misol: Swipe qiling - bizning bergan qo'llanmalarimiz asosida yuritilgan bloglarni, boshqa bloglar bilan farqini ko'ring!

Conviction

Mohiyati: Mahsulot yoki xizmatning afzalliklarini oshkor qilish va mijozning ishonchini qozonish.

Qo'llanilishi: Feedback'larni ko'rsatish, yuqori narxni - o'quvchilar erishayotgan yuqori natijalar bilan asoslang.

Misol: Saqlangan stories'larni ko'ring: mijozlarimiz sharhlari va natijalari (obunachilar soni, reklama narxi, reklama takliflari soni).

Action

Mohiyati: Xaridorni harakatga chorlash. Ya'ni sizga qo'ng'iroq qilishiga yoki xabar yozishga va h.k.

Qo'llanilishi: Maslahat olishni taklif qilish.

Misol: "Bepul maslahat olish" tugmasi.

PMHS


Pain, More pain, Hope, Solution — Og'riq, Yana og'riq, Umid, Yechim.

Ushbu model oldingi ikkitadan farq qiladi, chunki u to'g'ridan-to'g'ri xaridorning muammosini hal qiladi. Ushbu model asosan B2Cda, B2Bda esa kamroq qo'llaniladi. U ijtimoiy tarmoqlardagi postlarda, lending saytlarida va reklama e'lonlarida ishlaydi.

Bunday uslubda matn yozishning bosqichlari quyidagicha:

Pain

Mohiyati: O'quvchini tashvishga soladigan muammolarga e'tibor berish, "og'riq nuqtalarini" qidirish.

Qo'llanilishi: Bosma adabiyotlarni nashr etishda qiyinchiliklar, endi boshlayotgan mualliflarga murojaat.

Misol: O'z kitobingizni nashr eting: nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

More Pain

Mohiyati: Muammoni tezda hal qilish uchun argumentlar, tugallanmagan yoki o'z vaqtida bajarilmagan ishlarning oqibatlariga e'tibor qaratish.

Qo'llanilishi: Yozilmagan kitoblar va yozuvchining istiqbollari yo'qligi haqida gapirishga urinish.

Misol: Hali ham yozishni davom ettiryapsiz, lekin sizning ishingizni odamlar ko'rishidan umidingiz yo'qmi?

Hope

Mohiyati: Vaziyatdan chiqish yo'lini, umidni taqdim etish.

Qo'llanilishi: Yozilgan asarni nashr etish imkoniyati mavjudligini eslatish.

Misol: Endi mualliflik kitobingiz haqida orzu qilaverishingiz va nashriyotlar ostonasiga qayta-qayta borishingiz shart emas!

Solution

Mohiyati: Mahsulotning muammoga berishi mumkin bo'lgan aniq yechimlari haqida. Qo'llanilishi: Kitob chop etish va noshirlik xizmatlari, kitob dizayni va reklama.

Misol: Kitobingizni nashr etishga yordam beramiz: kichik tirajda nashr, matn, dizayn tayyorlashda yordam.

ODC


Offer, Deadline, Call to Action — Taklif, vaqt chegarasi, harakatga chorlov.


Ushbu formula cheklangan vaqt uchun cheklangan miqdordagi tovar yoki xizmatlarni taklif qilish bilan tavsiflanadi.

Bunday uslubda matn yozishning bosqichlari quyidagicha:

Offer

Mohiyati: Sarlavhada o'ta foydali taklifning taqdimoti va birinchi xatboshida batafsil izoh berilgan bo'lishligi.

Qo'llanilishi: Fitnes klubga yarim narxda a'zo bo'ling.

Misol: 50% chegirma evaziga basseyn bilan jihozlanga fitnes-klubga a'zo bo'ling.

Deadline

Mohiyati: Xizmat yoki mahsulotning soni va muddatiga cheklovlar joriy etilishi.

Qo'llanilishi: Taklif faqat ushbu oyda obuna sotib olsangizgina amal qiladi.

Misol: 31.01 gacha obuna sotib oling va chegirmaga ega bo'ling!

Call to Action

Mohiyati: Taklifni sotib olish uchun harakat algoritmi.

Qo'llanilishi: Kontakt ma'lumotlari, ro'yxatdan o'tish shakliga havola.

Misol: Saytdagi onlayn ro'yxatdan o'tish shaklidan foydalaning yoki telefon orqali qo'ng'iroq qiling.

4P


Picture, Promise, Prove, Push - Ko'rsatmoq, Va'da bermoq, Isbotlamoq, Harakatga undash.

Ushbu formula asosiga ko'ra sinkretikdir: u ratsional yondashuv va hissiy ta'sirni birlashtiradi. Bu B2C bo'yicha har qanday biznes yoki tovar uchun ishlatiladi.

Bunday uslubda matn yozishning bosqichlari quyidagicha:

Picture

Mohiyati: Mahsulotni eng zo'r tomonini ko'rsatish.

Qo'llanilishi: O'qish uchun elektron planshet + ta'lim resurslariga obuna (kitoblar, veb-saytlar va boshqalar).

Misol: Ta'lim olish uchun ideal retsept: planshet + sovg'a tariqasida obuna.

Promise

Mohiyati: Mahsulot yoki xizmatning barcha afzalliklari tavsifi.

Qo'llanilishi: Texnik xususiyatlar, dizayn va o'ziga xos "fishka"si haqida.

Misol: Kuchli protsessor, ergonomik dizayn, foydali ilovalar va ta'lim materiallari — bularning barchasi muvaffaqiyatga erishish uchun!

Prove

Mohiyati: Dalil va isbotlarni keltirib o'tish.

Qo'llanilishi: Boshqa model yoki analoglardan farqi.

Misol: Planshetning xususiyatlari eski versiyalarning xususiyatlaridan va boshqa ishlab chiqaruvchilarning analog modellaridan farq qiladi.

Push

Mohiyati: Harakatga chorlash.

Qo'llanilishi: Qo'shimcha chegirma yoki sovg'a sifatida aksessuar.

Misol: Hoziroq sotib oling va sovg'asiga chexol|stilus|himoya oynasini qo'lga kiriting!

Effektiv sotuvchi matni yozganda, maksimal darajaga qanday erishish mumkin!?

Matnning rejasini tuzing.
Aniq tuzilishga rioya qiling.
Matnga birlamchi ishlov berib, axborotning asosiy joylarini ajratib ko'rsating.
To'liq bo'lmagan bloklarga ma'lumot qo'shing.
Keraksiz ma'lumotlarni qo'rqmasdan olib tashlang.


© Written by vonugrut. Abutech Digital Company. 2020

Manba: rb.ru





Report Page