IIVda oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan koll-markaz ishga tushiriladi

IIVda oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan koll-markaz ishga tushiriladi


10 yanvardan boshlab ichki ishlar tizimida kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan “Ishonch markazi” ishga tushiriladi. “Ishonch markazi” ikki yo‘nalishdagi murojaatlarni qabul qilishi rejalashtirilgan.

“Operatorlarimiz oilaviy zo‘ravonlik holati bo‘yicha fuqarolarning xabarlarini qabul qilib olishadi va zudlik bilan ijroga qaratishadi. Bu kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatadi, abonentga biryo‘la huquqiy maslahat, psixologik yordam va boshqa ko‘rinishdagi amaliy maslahatlar ham berib boriladi, - deydi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev.

Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xodimlari uchun esa duch kelayotgan muammolar bo‘yicha alohida ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda, u ham kun-u tun, yaʼni 24/7 rejimida ishlaydi.

“Mutaxassislarimiz joylardagi xodimlardan kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rishadi. Mazkur yo‘nalishdagi platforma O‘zbekiston uchun yagona hisoblanadi”, deydi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i.

10 oyda zo‘ravonlikka uchragan 4500 dan ortiq fuqaro reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan.

Oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha xabarlar “1259” qisqa raqami yoki 10 yanvardan faollashtiriladigan Telegram‘dagi maxsus bot orqali qabul qilinadi.

Oilaviy zo‘ravonlik holati bo‘yicha xabarlar deganda turmush doirasida jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir o‘tkazish yoki bunday taʼsir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali kimningdir hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, shaʼni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)lar to‘g‘risida yordam ko‘rsatishni so‘rab yo‘llangan xabarlar tushuniladi.

400 ga yaqin erkak Ayollarni reabilitatsiya qilish markazlariga murojaat qilgan

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xodimlari “1286” qisqa telefon raqami yoki 10 yanvardan ishga tushiriladigan Telegram bot orqali protsessual-huquqiy yordam va sohaga oid maslahatlar olishlari hamda tizimda bo‘layotgan holatlar yuzasidan murojaat, taklif va muammolarini yo‘llashi mumkin.

Taʼkidlanishicha, har ikki yo‘nalishdagi murojaatlar qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi, masʼullar murojaat mualliflariga zudlik bilan amaliy yordam berish tartibida ish olib boradi.

Report Page