ʼʼYangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylikʼʼshiori ostidagi mehr-muruvvat xayriya haftaligi

ʼʼYangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylikʼʼshiori ostidagi mehr-muruvvat xayriya haftaligi

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti tyutori boshchiligida 101-21 TVM guruh talabalari, Xorijiy tillar kafedra mudiri va o‘qituvchilari , 830-19 guruxi talabalari, Umum texnika kafedrasi professor o'qituvchilari Ochilov Elyor, Jolanov Isoq hamda guruh tyutori Bobir Meyliyev bilan birgalikda Jizzax shahridagi "29-sonli Mehribonlik uyi" ga tashrif buyurishdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, noyabr hamda dekabr oylarida tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarni tavallud ayyomi bilan tabriklash edi.

Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga turli xildagi yeguliklar tarqatilib,konsert dasturi va sport chiqishlari bo‘lib o‘tdi va ularga bir qator sovg‘alar ulashildi.

Tadbir soʻngida mehribonlik uyi direktori Oydin Xamraqulova Jizzax politexnika institutiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.





Report Page