“Konstitutsiya baxtimiz-qomusi”

“Konstitutsiya baxtimiz-qomusi”


Xozirgi kunda er yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadagan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi bizning baxtimiz albatta. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin xayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va meyoriy xujjatlar uchun mustaxkam asos va dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlab Sayxunobod tumani 36- sonli maktabda “Konstitutsiya baxtimiz-qomusi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni R.Ashuraliyev ochib berdi. Konstitutsiyaning 30 yilligi bilan barcha tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi.

Shu bilan bir qatorda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini taqdim etdi. Tadbir barchaga birday mamnun bo‘ldi.


Ijodiy- madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi: D.Madraximov

Report Page