Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari institutimizning 3-binosiga tashrif buyurdilar

Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari institutimizning 3-binosiga tashrif buyurdilar

t.me/jizpi_online

Bugun 12-avgust kuni Jizzax politexnika instituti va 29-Mehribonlik uyi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari institutimizning 3-binosiga tashrif buyurdilar.

Ularni "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi" o'qituvchilari S.Karimov, A.Shodmonqulov, O'.Jabborov va "Tabiiy tola va matoga ishlov berish" kafedrasi o'qituvchisi M.Rajabovalar institutimizdagi fakultetlar hamda kafedralar bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tashrif buyurganlarga kafedrada tashkil etilgan to'garaklar haqida ham ma'lumot berildi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga labaratoriya xonalarida amaliy dars mashg'ulotlari o'tildi va ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.


Report Page