Yoshlarni "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali xorijga o‘qishga yuborishni tashkil etish (stipendiyalar tanlovi) bo‘yicha oʼtkazilayotgan vebinarlarda institut jamoasi munosib ishtirok etmoqda

Yoshlarni "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali xorijga o‘qishga yuborishni tashkil etish (stipendiyalar tanlovi) bo‘yicha oʼtkazilayotgan vebinarlarda institut jamoasi munosib ishtirok etmoqda

t.me/jizpi_online

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlaridagi yoshlari uchun joriy yil 12-14-avgust kunlari “ZOOM” elektron platformasi hamda YouTube sayti orqali vebinarlar o‘tkazilmoqda.

Bunda, Jamg‘arma stipendiya tanlovlarida nomzodlarning qatnashish tartibi, tanlovga ajratilgan o‘rinlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etib, mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni bermoqdalar.

Vebinarda hududlardagi idora va tashkilotlarning kadrlar bilan ishlash bo‘linmasi rahbar va mutaxassislari, oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar, maktab o‘quvchilari, talabalar va magistrantlar ishtirok etishi belgilangan.

Bugun 12-avgust kuni ZOOM platformasi orqali yoshlarni "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali xorijga o‘qishga yuborishni tashkil etish (stipendiyalar tanlovi) bo‘yicha vebinar oʼtkazildi. Unda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talaba-yoshlari munosib ishtirok etdilar.



Report Page