12

12

@Jizpi_servis_kanali

Jizzax politexnika instituti talabalari o’rtasida oʼtkazilayotgan “Zukko kitobxonlar” ko’rik tanlovining final bosqichi boʼlib oʼtdi. "Servis" fakulteti.

"Servis" fakulteti "Auditor" va "Investor" jamolari tanlovda faol ishtirok etib "Eng yaxshi beshtalik" tarkibiga kirib pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarda ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida ilgari surilgan 5 tashabbusini amalga oshirishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib borilmoqda. Shu munosabat bilan Jizzax politexnika instituti tomonidan 5 muhim tashabbusning 4-yo‘nalishi hisoblangan “Yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” tashabbusni amalga oshirish uchun institut fakultetlari o‘rtasida qariyb 5 oydan buyon jami 6500 nafar talabani qamrab olgan “ZUKKO KITOBXONLAR” ko‘rik-tanlovi bosqichlarga boʻlingan holda o‘tkazilib kelindi.

Eng ko‘p ball to‘plagan beshta guruh jamoasi ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi beshtalik” tarkibiga kirib, ko‘rik-tanlovning mutloq g‘oliblari deb topildi

Gʻoliblarni mukofotlash hakamlar hay’ati qarori asosida, bayonnomalar hamda rektor buyrug‘i bilan amalga oshirildi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandilar:

1-o'rin. "Sanoat texnologiyalari fakultetining "Bilimdonlar" jamoasi

2-o'rin. "Arxitektura va qurilish" fakultetining "Arxitektor" jamoasi

3-o'rin. "Sanoat texnologiyalari" fakultetining "Zukkolar" jamoasi

4-o'rin. "Arxitektura va qurilish' fakultetining "Intellekt" jamoasi

5-oʼrin. "Servis" fakultetining "Auditor" jamoasi


🏛Jizzax Politexnika Instituti Servis Fakulteti

©JizPi''Servis'' matbuot xizmati

https://t.me/Jizpi_Servis_Kanali



Report Page