Jizzax politexnika instituti talabalari o’rtasida oʼtkazilayotgan “Zukko kitobxonlar” ko’rik tanlovining final bosqichi boʼlib oʼtdi

Jizzax politexnika instituti talabalari o’rtasida oʼtkazilayotgan “Zukko kitobxonlar” ko’rik tanlovining final bosqichi boʼlib oʼtdi

t.me/JizPI_online
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarda ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida ilgari surilgan 5 tashabbusini amalga oshirishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib borilmoqda. Shu munosabat bilan Jizzax politexnika instituti tomonidan 5 muhim tashabbusning 4-yo‘nalishi hisoblangan “Yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” tashabbusni amalga oshirish uchun institut fakultetlari o‘rtasida qariyb 5 oydan buyon jami 6500 nafar talabani qamrab olgan “ZUKKO KITOBXONLAR” ko‘rik-tanlovi bosqichlarga boʻlingan holda o‘tkazilib kelindi.

Tanlov kafedra, fakultet hamda institut bosqichlariga boʼlingan boʼlib, oldingi bosqichlarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jamoalar ko‘rik-tanlovning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 

Ushbu yakuniy bosqichda har bir fakultetdan g‘olib deb topilgan 2 tadan, jami 14 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirildi.

Eng ko‘p ball to‘plagan beshta guruh jamoasi ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi beshtalik” tarkibiga kirib, ko‘rik-tanlovning mutloq g‘oliblari deb topildi.

Gʻoliblarni mukofotlash hakamlar hay’ati qarori asosida, bayonnomalar hamda rektor buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

Institut bo‘yicha “Zukko kitobxonlar” tanlovida birinchi o‘rinni olgan jamoa 4 000 000 (to‘rt million) so‘m;

- tanlovda ikkinchi o‘rinni olgan jamoa 3 000 000 (uch million) so‘m;

- tanlovda uchinchi o‘rinni olgan jamoa 2 000 000 (ikki million) so‘m;

- tanlovda yaxshi natijalar ko‘rsatgan qolgan ikkita jamoa 500 000 (besh yuz ming) so‘m bilan taqdirlandi

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandilar:

1-o'rin. "Sanoat texnologiyalari fakultetining "Bilimdonlar" jamoasi
2-o'rin. "Arxitektura va qurilish" fakultetining "Arxitektor" jamoasi
3-o'rin. "Sanoat texnologiyalari" fakultetining "Zukkolar" jamoasi
4-o'rin. "Arxitektura va qurilish' fakultetining "Intellekt" jamoasi
5-oʼrin. "Servis" fakultetining "Auditor" jamoasi



©Institut matbuot xizmati

Report Page