12

12


Joriy yilning 14-fevral kuni soat 14-00 da Farg‘ona politexnika instituti kirish foyesida viloyat tarixi va madaniyati muzeyi tomonidan ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi. Shundan so‘ng institut madaniyat saroyida Buyuk bobokalonimiz shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomining 539 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Nazm va navo” adabiy-badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbirni institutning Yoshlar masalalari, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Botirov Mirzohid Ismonxo‘jayevich kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini buyuk bobokalonimizning tavallud ayyomlari bilan qizg‘in tabriklash bilan birga institut miqyosida mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab oliygoh talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan suratlar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Prorektor tabrigidan so‘ng Farg‘ona Davlat Universitetidan tashrif buyurgan tarix fanlari doktori, Temurshunos olim Usmonov Bahriddin Ahmedovich o‘zining ma’ruzasida Bobur hayoti va faoliyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga muhim ma’lumotlarni yetkazib o‘tdi.

Shundan so‘ng Mexanika-mashinasozlik va Qurilish fakulteti iqtidorli tyutorlari hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan shoir qalamiga mansub g‘azallar, Bobur hayoti va faoliyati aks ettirilgan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida hikoya qilingan Bobur va cho‘pon sahna ko‘rinishi San’at maktabi aktyorlik mahorati bo‘limi o‘quvchilari tomonidan yuksak badiiy saviyada ijro etilgan bo‘lsa, Bobur g‘azallaridan xonandalar tomonidan kuylangan Uyg‘un To‘xtasinov, Ahrorshoh, Sherali Jo‘rayev ijrosidagi “Yaxshilig‘”, “Yig‘latur”, “Lola” hamda san’at maktabi an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘quvchilari tomonidan kuylangan “Mushkuldir”, “Sharob” qo‘shiqlari va boshqa badiiy chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Report Page