Davra suhbati

Davra suhbati

@farpipress

2022-yil 11-fevral kuni Fargʻona politexnika institutining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori M.Botirov , institut yoshlar yetakchisi B.Abduxalilov, fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar bilan birgalikda Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani Eshonguzar MFY aholisi oʻrtasida targʻibot ishlari tashkil etdilar. Ziyo maskanlari holatini oʻrgandilar. Xonadonlarga badiiy kitoblar tarqatdilar.

Mahalla tadbirlar zalida kitobxonlikni targʻib qilish, ziyo maskanlari faoliyatini takomillashtirish, oila, nikoh, ajrimlarni oldini olish, yosh oilalar muammolari, ularning yechimlari, oiladagi kelishmovchiliklar, qaynona –kelin muammolari va ularni hal qilish borasidagi oʻz hayotiy tavsiyalarini prorektor M.Botirov atroflicha hayotiy dalillar bilan aytib oʻtdi.


Tadbirda mahalla faollari, otinoyilar, yoshlar ishtirok etishdi. “Bir ziyoli bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida yigʻilganlarga institutning professor-oʻqituvchilari tumanda yil davomida tizimli mana shunday maʼnaviy tadbirlar olib borishlari haqida toʻplanganlarga axborot berdi.

Tadbir davomida M.Botirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 92- sonli qarori yuzasidan Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Davra suhbatida kitob targʻibotiga alohida toʻxtalib, kitob oʻqish orqali inson erishadigan yutuqlar, kitobning ahamiyati, aql poydevori ekanligi haqida alohida toʻxtalib, oʻz ijodiga mansub hayotiy sheʼrlardan oʻqib berdi. Davra suhbati barchada katta taassurot qoldirdi. Faollar institut ziyolilariga hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.


Report Page