114

114

Firdavsiylar

NOS SURASI


Bu sura ham Makkada nozil qilingan. U olti oyatdan iboratdir. Bu sura, aytib o‘tilganidek, o‘zidan avvalgi suraning uzviy davomidir.


Bu surada jinlar va insonlardan bo‘lgan, kishilarni vasvasaga solib, yo‘ldan uradigan «shayton»larning yomonligidan yolg‘iz Parvardigorga sig‘inib panoh so‘rash lozimligi uqtiriladi.


Sura o‘zining ilk oyatidagi so‘z bilan «An-nos — Insonlar» deb nomlangandir.


Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1-2-3-4-5-6. (Ey Muhammad), ayting: «Men barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha insonlarning Podshohidan, barcha insonlarning Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (qachon Allohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman».

Firdavsiylar sahifasi!



* * *(yakuniy)***


Alloh ta’oloning tavfiq va madadi bilan Qur’oni Karimning ushbu tarjimasi hijriy 1412-yil, Rabiy’us-soniy oyining 21-inchisi, seshanba kuni (milodiy 1991 yil 29 okyabr)da o‘z nihoyasiga yetdi.

Hijriy 1422-yil, Rabi’u-soniy oyining 11-inchisin — seshanba kuni (milodiy 2001 yil, Z iyul)da esa, Janobi Haqning marhamat va inoyati bilan ushbu tarjimani qayta ishlash, tuzatish va to‘ldirish ishlari o‘z poyoniga yetdi. Alloh ta’olo ushbu Muqaddas Kitob ma’nolarini anglab, uning ko‘rsatmalariga amal qilgan kishilarga ulug‘ ajru mukofotlar ato aylasin hamda ularni O’zi rozi bo‘ladigan Haq Yo‘lga hidoyat qilsin.

Omiyn!

Alouddin MANSUR

Manbaa: http://islom.ziyouz.com/kitoblar/qur-oni-karim-ma-nolari-tarjimasi-alouddin-mansur

Report Page