111

111

Firdavsiylar

MASAD SURASI


Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir.


Bu surada garchi o‘zi payg‘ambar alayhis-salomga amaki bo‘lsa ham, payg‘ambarimizga haddan tashqari aziyyatlar yetkazgan «Abu Lahab - do‘zax o‘tining otasi» degan laqabga ega bo‘lgan bir ashaddiy kofir va kufrda undan qolishmaydigan uning xotini haqida so‘z yuritiladi.


Sura «Masad — Pishiq tola» deb atalgandir.


Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1. Abu Lahabning qo‘llari qurigay — halok bo‘lgay! (Aniqki) u quridi — halok bo‘ldi!


2. Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q!


3-4-5. Yaqinda u va uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo‘lgan xotini (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!


I z o h. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil doimo kishilarni payg‘ambar alayhis-salomga qarshi gij-gijlab, ularning o‘rtasida adovat o‘tini yoqib yurgani sababli, Qur’on uni «o‘tin orqalagan» deb sifatladi va do‘zaxga ham eri bilan birga xuddi o‘sha holida kirishi haqida xabar berdi.

Firdavsiylar sahifasi!

Report Page