A.Navoiy obrazi bilan butun dunyoga tanilgan taniqli kinoaktyor Razzoq Hamroyev nomi Oqoltin tumanidagi 13-umumiy o`rta ta'lim maktabiga berildi.

A.Navoiy obrazi bilan butun dunyoga tanilgan taniqli kinoaktyor Razzoq Hamroyev nomi Oqoltin tumanidagi 13-umumiy o`rta ta'lim maktabiga berildi.

@oqoltindavlattili
Razzoq Hamroyev (1910-1981)

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 30 noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayoni 4-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablariga milliy kino san’atining taniqli namoyondalarining nomlarini berish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimligining 2021 yil 26 martdagi 17-1697-sonli xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 48 sessiyasining 180-sonli qarori bilan tumandagi 13-umumiy o`rta ta'lim maktabiga Razzoq Hamroyev nomi berildi.

Xalqimiz R. Hamroevni faqat teatr aktyori sifatidagina emas, balki iste’dodli kinoaktyor sifatida ham yaqindan taniydi. U ekranda chuqur falsafiy va mazmunli obrazlar yaratdi.

N. G‘anievning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, «Nasriddin sarguzashtlari»dagi Xo‘ja Nasriddin, K. Yormatovning «Alisher Navoiy»sidagi Alisher Navoiy, «Abu Ali ibn Sino»sidagi Beruniy, y. A’zamovning «Furqat»idagi Muqimiy, «O‘tgan kunlar»idagi Mirzakarim qutidor kabi o‘lmas obrazlar faqat aktyor ijodidagina emas, balki o‘zbek kino san’ati tarixida ham muhim o‘rin tutadi.

R. Hamroevning keng madaniy jamoatchilikka yaqindan tanitgan, uni elga mashhur qilgan obraz-bu dunyo ekranlarini kezib chiqqan «Alisher Navoiy» filmidagi Alisher Navoiy obrazidir.


Siroj Rayimov

Oqoltin tumani hokimining maslahatchisi.


Report Page