111

111

Egamnazar Abdulboqiyev

"Oliy ta'limni 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" da ham bosqichma bosqich barcha oliy ta'lim muassasalarini modul- kredit tizimiga o'tkazish belgilangan. Shu o'rinda haqli savol tug'iladi. Modul- kredit tizimi qanday tizim? Uning oddiy ta'lim tizimidan farqi nimada? Afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat? 2013-yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016–2017-o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar o‘qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, 2018–2019-o‘quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2019- yildan esa yana bir nechta OTM sinov tariqasida modul kredit tizimiga o‘tildi.

Avval modul va kredit so'zlariga kichik izoh berib o'tamiz.

 Modul va kredit tizimlari bir-birini to‘ldiradi, — Modul alohida o‘quv fani (yoki uning qismi) bo‘lib, o‘zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. O‘qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o‘rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkaziladi. Akademik kredit tizimi esa talabaning oliy o‘quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli o‘quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt(soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi.

Amaldagi o‘qitish tizimidan farqli o‘laroq kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo‘ladi. Talabalar o‘qishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig‘olmasa, faqat o‘sha fanning o‘zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi diplom esa belgilangan kreditlarni yiqqanidan so‘nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o‘qituvchisi, 50 foizini universitet rahbariyati qo‘yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg‘ulot (laboratoriya) ishlarini professor-o‘qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat universitet rahbariyati tomonidan olinadi. Unda fan o‘qituvchilari ishtirok etmaydi.

Misol uchun, talaba bir semestrda 30 (bir o‘quv yilida 60) kredit yig‘ishi kerak. Unga matematika fanidan 8 kredit ajratilgan bo‘lsa, bundan 4 kreditni leksiyadan, qolganini mustaqil ishdan to‘playdi. Agar u matematika fanini o‘zlashtirolmasa, unga ta’til vaqti bu fanni qayta o‘qish imkoni beriladi. Lekin bu imkoniyat — pullik. Bir kredit qiymati o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘planadigan umumiy summani kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Tizimning afzallik va kamchiliklariga ham to'xtalib o'tamiz.

Afzalliklari:

1) Faqat mutaxassislik fanlarning o'qitilishi. Nomutaxassis fanlar o'quv dasturiga kiritiladi.

2) Talabalarning mobilligi ta'minlanadi, ya'ni talabalar hech bit qiyinchiliksiz o'qishini boshqa OTM ga ko'chira oladi.

3) Xalqaro OTM ga ko'chirish ham osonlashadi va o'quv dasturlari xalqaro standartlar asosida tuziladi.

4) Inson omili sezilarli darajada kamayadi va korrupsiyaga barham beriladi.

5) Mustaqil ta'limga ko'p vaqt ajratiladi hamda talabaning o'zi ustida mustaqil shug'ullanishi uchun imkon beriladi. (Haftaning shanba kuni o'qish bo'lmaydi. U kun mustaqil ta'limga ajratiladi)

Kamchiliklari: 

1) Bu tizim OTM dan juda katta moddiy- texnik bazani talab qiladi. Afsuski yurtimizdagi salmoqli OTM lar bunday Moddiy texnik bazaga ega emas.

2) O'quvchi va O'qituvchilarda bu tizim haqida yetarlicha ma'lumotga ega emasligi. Bu esa tizimda turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.

3) Imtixondan o'ta olmagan talabalarga jarimaning mavjudligi va uning qiymati juda qimmatligi. 

O'ziga to'q oila ham, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oila farzandi ham bir xil miqdorda jarima to'laydi. Ijtimoiy ximoyaga muxtoj oila uchun imtiyozlar berilmaydi.

4) Modul kreditning bir nechta turi mavjud bo'lib, ular bir biriga uncha mos kelmaydi. Misol uchun O'zbekistondagi 3 ta OTM muassasasini kuzatsangiz, 3 ta OTM da 3 xil kredit tizimi mavjudligi va bu bir qancha tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi.

5) Ko'plab OTM ning o'qituvchilarining bilim saviyasi bu tizimga yetarli emasligi....

Har nima bo'lganda ham Modul tizimi zamonaviy talablarga to‘la mos keladi. U erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangani uchun ham modul-kredit tizimi vujudga kelgan. Modulli ta’limning maqsadi talabalarning soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.


Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekti tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratilgan.


TDAU talabasi SH. Yerjanov.

Report Page