110

110

Firdavsiylar

NASR SURASI


Madinada nozil bo‘lgan bu sura uch oyatdan iboratdir. Unda payg‘ambarimizga va barcha mo‘min musulmonlarga Alloh taolo O’z dinini barcha dinlardan g‘olib qilgan Kunga guvoh bo‘lganlarida bergan madad va g‘alabasi uchun Allohga hamdu tasbeh aytish va U zotdan mag‘firat so‘rab, tavba-tazarrular qilish ta’lim beriladi. Sura «Nasr-Yordam» deb nomlangandir.


Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1. (Ey Muhammad), qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa,


2. Va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz,


3. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir.


I z o h. Ushbu surai karimada mo‘min-musulmonlarning vazifasi imkonlari boricha dinning ravnaqi yo‘lida sa’y-harakat qilish ekaniga, g‘alabani esa yolg‘iz Alloh taoloning O’zi berishiga ishora bor.

Firdavsiylar sahifasi!

Report Page