Telegram va Vkontakte asoschisi Pavel Durov haqida faktlar!

Telegram va Vkontakte asoschisi Pavel Durov haqida faktlar!

Jasur Kholturaev

11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “zastavka” larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.

2006 yilda Pavel Sank-Peterburg davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlaydi. Tahsil mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, “zaxiradagi leytenant” unvoniga erishadi. Oliy ta’limni qizil diplomga bitirib, shu yili Vkontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.

Universitetda o‘qish mobaynida u ikkita internet loyiha yaratadi(durov.com va Spbgu.ru). Ikkalovi ham o‘zining universiteti(SPbGU) va Rossiyaning boshqa universitetlari o‘rtasida referat va ideyalarni almashish imkonini beradigan loyiha edi.

Durovning o‘rtog‘i unga Facebook ijtimoiy tarmog‘ini ko‘rsatadi va undan ruhlangan Pavel rossiyaliklar uchun Facebookka o‘xshagan ijtimoiy tarmoq yaratishga kirishadi, bu loyihani dastlab u Student.ru deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin Vkontakte nomiga o‘zgartiradi (har bir talaba baribir o‘qishni bitiradi, ya’ni talabalik maqomidan chiqadi, deb hisoblaydi). Vkontakte yaratilganida (2006 yil 1 oktyabr), dastlab, barcha universitet talabalarining anketalarini saqlash uchun ma’lumotlar bazasi sifatida ish boshlagan, keyinchalik ijtimoiy tarmoq sifatida rivojlanib ketgan.

Bu loyiha ustidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lgan, sud bir necha bor ish olib borgan. Mojaroning sababi mualliflik huquqidir, ya’ni, sayt kontenti o‘zlashtirilgan.

Pavel Durov dasturlashga oid har xil chempionatlarda rossiyalik talabalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelmoqda.

Qiziq ma’lumot: Durov 7 yoshgacha “R” harfini ayta olmagan ekan.

Pavel vegeterian hisoblanadi. Undan tashqari alkogolli ichimliklar, qimmatbaho uylar va avtomashinalardan nariroq yuradi. Ishga ham metroda boradi, ammo sayohatni kanda qilmaydi.

O‘zining kumiri sifati Durov Apple asoschisi Stiv Djobsni hisoblar ekan.

Pavel 2011 yil, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 7.9 milliard bilan 350 o‘rinni egallagan (Wikipedia ma’lumoti).

2012 yil Digital Life Design (DLD) konferensiyasida Pavel Durov Vikipediya onlayn-ensiklopediyasi uchun 1 million dollardan voz kechadi.

2012 yilning 19 noyabrida “Mann, Ivanov va Ferber” nashriyoti Nikolay Kononovaning “Kod Durova” deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakte ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durovga bag‘ishlanib, hujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

2013 yil Durov “ Digital Forest ” kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.



Report Page