1.1

1.1

1.1.

A

                          Qarshi – 2020

«Ko‘rildi»                                                          «Tasdiqlayman»

Qashqadaryo viloyat XTXQTMO                       Qashqadaryo viloyat XTXQTMO

hududiy markazi O‘quv va ilmiy ishlar             hududiy markazi direktori

bo‘yicha direktor o‘rinbosari:                                  ___________A. Mallayev

____________G. Ernazarova                                     « ___»___________2020 y.                  

 «____»________2020 y.                                       

                                                                             

“ijtimoiy-iqtisodiy fanlar ” kafedrasi

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI”MODULIDAN

O`QUV- USLUBIY MAJMUA

Mazkur o`quv uslubiy majmua Ilmiy-metodik kengash yig‘lishining 2020-yil   -yanvardagi   -sonli qaror bilan tasdiqlangan.

                             

Tuzuvchilar:

D. Kamolov


U. Ochilov


I. Tojieva


M. Mahmanova





Taqrizchilar:

G. Ochilova

 B. Omonov        

   – Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.

– Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar ” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

    – Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar ” kafedrasi o‘qituvchisi.

   – Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar ” kafedrasi o‘qituvchisi.





-        QMII o`qituvchisi, f.f.n.dots.

-        Qarshi DU o`qituvchisi, f.f.n




O`quv-uslubiy majmua Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasining 2020 yil___________________dagi____-sonli qarori bilan hududiy markazi ilmiy kengashiga tavsiya etilgan. Hududiy markaz ilmiy-uslubiy kengashining 2020 yil _____________dagi____-son bayonnomasiga asosan tasdiqlandi.


MUNDARIJA

I. ISHCHI DASTURI................................................................................... 5

II.UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARI DIRECTOR O`RINBOSARLARI VA XALQ TA'LIMI TIZIMINING BARCHA MALAKA TOIFALARI UCHUN O`QITUVCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH      MAZMUNI, SIFATI VA ULARNING TAYYORGARLIGI HAMDA KOMPETENTLIGIGA QO’YILADIGAN MALAKA TALABLARI.............................................................................................8

III. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI........................... ..................................................15  

IV.  NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI.................................20

V. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI.....................................51

VI. KEYSLAR BANKI..............................................................................92

VII. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI .............................................. 93

VIII. GLOSSARIY…………………………………………………………94

IX.  ADABIYOTLAR RO‘YXATI .................................................... 104

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

“IJTIMOIY- IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI”MODULIDAN

( Umumiy o`rta ta`lim maktablari director o`rinbosarlari va xalq ta'limi tizimining barcha malaka toifalari uchun)

 



               

               

QARSHI – 2020

KIRISh

     O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Hozirgi davrda jahon miqyosida sodir bo‘layotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, kishilarda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish zarurligini taqozo qilmoqda. Ilm-ma'rifatga e'tibor har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib kelgan.

Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o‘z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o‘zining mustahkam fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan, ayni damda oilasi, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ulari shakllangan yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimiz taraqqiyotida uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yildi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538 sonli Farmonida ta'kidlanganidek, “...rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish”. Xalq ta'limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishdan biri sifatida etib belgilandi.

        Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23-avgustda xalq ta'limi sohasini jadal rivojlantirish, o‘qituvchining ijtimoiy mavqyeini ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Biz endi jamiyatimizda o‘qituvchilarni “siz”lab, ularning sha'ni va hurmatini boshimizga ko‘taradigan, ularni tom ma'noda kelajak bunyodkorlari, deb ulug‘laydigan muhitni yaratishimiz zarur”, deb ta'kidladilar.

    Modulning ishchi o‘quv dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan asar va ma'ruzalarida demokratik islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va undan ko‘zlangan maqsad, o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish bilan bog‘liq masalalar haqida bayon etiladi.

Modulning maqsadi va vazifalari

Modulning maqsadi: xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi tinglovchilarining O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'lim sohasidagi davlat siyosati  haqidagi bilimlarini takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat.

Modulning vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma'ruzalarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan demokratik islohotlarning mazmuni hamda umumiy o‘rta ta'lim masalalariga oid kotseptual g‘oyalardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar bilan tanishtirish;

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni bilan tanishtirish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish;

Mamlakatimiz xalq ta'limi tizimidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hamda ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri idrok etish borasida tinglovchilarning bilimlarini oshirish;

Davlatimiz rahbarining Farmon, Qaror va ma'ruzalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xalq ta'limi sohasi va soha xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning echimi, pedagogik mahoratni oshirish masalalari haqida to‘liq bilim va tasavvur hosil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq ta'limi tizimiga tegishli kotseptual g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar berishdan iborat.

“O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'lim sohasidagi davlat siyosati” moduli bo‘yicha

  Tinglovchilar:

 Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida umumiy o‘rta ta'lim sohasida Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishini;

 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va Xalq ta'limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar va ularning echimini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini;

O‘zbekistonda Xalq ta'limi tizimining isloh qilinishi bo‘yicha g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning globallashuv sharoitida umumiy o‘rta ta'lim tizimi oldidagi vazifalarni bilishi;

umumiy o‘rta ta'lim

Report Page