"Turon" maktab teatri

"Turon" maktab teatri

Shɑ͜͡✦mshod Raxmanovich ™

"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


O‘quvchi yoshlarning san'at, madaniyat va teatr sohasidagi iqtidorlarni kashf etish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Turon" maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Yangiyo‘l tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Tadbirda Barkamol avlod bolalar maktabi direktori Muxayyo Saidova ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

4 ta sektor bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoalar o‘zaro 3 ta shart asosida bellashib, viloyat bosqichi yo‘llanmasi uchun o‘z iste'dodlarini namoyon qilishdi.

Hakamlar hay'ati sifatida 5-sonli Musiqa maktabi konsert masteri Mamatova Minura Erkinovna, teatr o‘qituvchisi, kinoaktrisa Yayra Ismoilova, teatr masteri Shoira Axunova, “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimi, Tuman Madaniyat bo‘limi badiiy rahbari Toshmurodov Kamoljon Axmatovichlar faoliyat olib borib jamoalarni mezon asosida baholab bordilar.

Har bir shart bo‘yicha jamoalar chiqishlariga baholar e'lon qilinib borildi. Chiqishlarda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga, ishtirokchi jamoalarning nomi, shiori, atributlariga alohida e’tibor qaratiladi.

2-shartda kamoalarning mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi, teatr va turli san’at turlari, tarixi, kelib chiqishi yuzasidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 

3-shartda ishtirokchi jamoalar 5-11-sinf “Adabiyot” fani darsliklarida keltirilgan adiblarning asarlar jamlanmasidan biri tanlab, asardan qisqa parchani spektakl ko‘rmishida namoyish etadilar.

Hakamlar jamoa ishtirokchilarning aktyorlik mahorati, sahna madaniyati, asardan parchani to‘g‘ri tanlay olgani, nutqi, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, tarbiyaviy ahamiyatga egaligiga alohida e’tibor qaratishdi.



🔹Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra: 


🥇1-o'rin - 48-maktab

🥈2-o'rin - 28-maktab 

🥉3-o'rin - 40-52-maktab jamoalariga nasib etdi.


G’olib jamoa viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

✍🏻 Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati

 


Report Page