108

108

Firdavsiylar

KAVSAR SURASI


Uch oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil qilingandir.  


Qur’oni Karimdagi eng ixcham sura bo‘lgan bu surada payg‘ambar alayhis-salomga xitob qilinib, Alloh taolo u kishiga ato etgan buyuk ne’mat — jannatdagi Kavsar hovuzi zikr etiladi va bu bilan birga ana shunday ilohiy mukofotga yetishning barcha vositalari — Qur’on, payg‘ambarlik ato etilgani ta’kidlanib, hazratni bunday ilohiy marhamatning shukronasi uchun namoz o‘qishga va qurbonliq qilishga da’vat etiladi.


So‘nggi oyatda esa kimda-kim payg‘ambar alayhis-salomni yomon ko‘rib, dushmanlik qilsa, ana o‘sha kimsa benomu nishon yo‘q bo‘lib ketishi haqida bashorat beriladi.


Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik. 


2. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonlik) so‘yib-qurbonliq qiling! 


3. Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni benomu-benishon bo‘lib ketguvchidir)!

Firdavsiylar sahifasi!

Report Page