107

107

Firdavsiylar

MOUVN SURASI


Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U yetti oyatdir.


Bu surada dinning mohiyati haqida so‘z yuritilib, ayrim o‘zlarini dindor hisoblab yurgan, lekin atroflaridagi yetim-g‘ariblarga dilozorlik qiladigan, bechora-miskinlarning holidan xabar olmaydigan kimsalarni dinni (ya’ni qilingan har bir ish-amal uchun oxiratda hisob-kitob, jazo bor ekanini) inkor qilguvchilar deb ataladi.


Shuningdek, bu surada o‘zlari yolg‘iz bo‘lganlarida namoz o‘qishni «unutib» qo‘yadigan va faqat el ko‘rsinga namozxon bo‘lgan hamda qo‘ni-qo‘shni, hamsoyalardan odatda o‘rtada ishlatiladigan eng arzimas ro‘zg‘or buyumlarini ham ayaydigan riyokor va xasis kimsalar haqiga duoyi bad qilinadi va bu bilan yetim bechoralarga mudom yordam qo‘lini cho‘zadigan, toat-ibodatini yolg‘iz Yaratganning rizoligini ko‘zlab, beriyo qiladigan xayr-saxovatli zotlargina haqiqiy mo‘min-musulmonlar ekanligi ta’kidlanadi.


Suraning nomi bo‘lmish «Mo’un» kalimasi — idish-tovoq, bolta-tesha kabi mayda ro‘zg‘or buyumlari degan ma’nolarda keladi.


Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1. Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on, deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi — bildingizmi?


2-3. Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir.


I z o h. Ya’ni kimki "œiymon keltirganman" desa-yu, ammo yetim-esirning haqqidan qo‘rqmasa; bechora-miskinlarning boshini silab mehribonlik qilmasa, u dinni inkor qilguvchi kimsalar bilan barobardir.


4-5. Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki.


6-7. Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!

Firdavsiylar sahifasi!

Report Page