1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar uchun soha mutaxassislari bilan uchrashuv

1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar uchun soha mutaxassislari bilan uchrashuv

t.me/jizpi_online

2021-yil 10-sentyabr kuni soat 10:00 da Jizzax politexnika instituti “Energetika va radioelektronika” fakultetiga qarashli kafedralari tomonidan 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar uchun “Talabalikka ilk qadam” shiori ostida "Soha mutaxassislari va talaba-yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Uchrashuvda “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U. Yarlakabov, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar va talabalar-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mutaxassis sifatida taklif etilgan quyidagi mehmonlar ishtirok etishdi:

1. Sayitmuradov Ilxom - Jizzax hududiy elektr tarmoqlari AJ tezkor dispetcherlik xizmati bo’lim muxandisi;
2. Bekmirzayev Akrom – Jizzax viloyati “Stone lider” qo’shma karxonasi MChJ jamiyati bosh energetigi;
3. Mamayusupov Salohiddin – Elektr elant fayz direktor o’rinbosari;
4. Ibragimov Mansur - Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi;
5. Xamrayev Akmal – Beeline kompaniyasi dilerlik ishlarini yurituvchi bosh mutaxassis;
6. Abdukarimov Abdumannob - IT soha mutaxassisi;


Uchrashuv qiziqarli tarzda tashkil etilib, yakunda talabalar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.


Institut matbuot xizmati

Report Page